Mahalliy

Bugun Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ham qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi

Bugun Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat 28-33 daraja bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32 daraja bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27 daraja bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.