Dunyo

«Bu rejalashtirilgan operatsiya». Zelenskiy Ukraina uchun internet ataylab sekinlashtirilganini aytmoqda

AQSH esa buni rad etmoqda. Nimalar maʼlum?

«Bu rejalashtirilgan operatsiya». Zelenskiy Ukraina uchun internet ataylab sekinlashtirilganini aytmoqda

AQSH davlat kotibi Marko Rubio Oq uy Space X kompaniyasining sunʼiy yoʻldosh internetini Ukraina harbiylari uchun cheklash haqida farmoyish bermaganini bildirdi. Uning bu gaplari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning internet-terminallar hali ham yuqori tezlikda harakatlanadigan qurilmalarda ishlay olmasligi haqidagi daʼvolariga zid keladi.

Soʻnggi bir hafta ichida Ukraina rasmiylari va harbiylari Ukraina qurolli kuchlari dronlarga oʻrnatilgan sunʼiy yoʻldosh internet terminallaridan foydalanish imkoniyatini yoʻqotganini aytib kelmoqda.

Ukrainadagi Space X xizmatlari bilan bogʻliq muammolar oʻtgan hafta oxirida, Kiyev va Vashington oʻrtasidagi munosabatlar keskin sovigan paytda maʼlum boʻlgandi. Oʻshanda prezident Donald Tramp Zelenskiyni Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba bergani uchun tanqid qilgan va Vladimir Putin bilan jahon bozoriga bir necha partiya dizel yoqilgʻisi yetkazib berish borasida kelishuvga erishgandi.

Oradan biroz vaqt oʻtgach, ukrain harbiylari jurnalistlarga qurilmalarning tezligi boʻyicha cheklovlar asta-sekin yoʻqola boshlaganini, biroq xizmat hali toʻliq tiklanmaganini aytishdi.

Shanba kuni esa Zelenskiy jurnalistlar savollariga javob berar ekan, hozir Starlink terminallari ishlashda davom etayotgan maksimal tezlik soatiga 161 kilometrni tashkil etishini aytdi. «Men koʻrgan va eshitgan hisobotlarga koʻra, shundan soʻng Starlink butunlay oʻchib qoladi va biz dronni yoʻqotamiz», – dedi Zelenskiy.

U bunday cheklovlar sabab Ukraina harbiylari pozitsiyalardagi jangchilarga oziq-ovqat va suv yetkazib berish imkoniyatidan mahrum boʻlganini ham qoʻshimcha qildi. «Bu harbiylar yoki texnika oʻta olmaydigan joylarda, dushman dronlari nazorati tufayli izolyatsiya yuzaga kelgan hududlarda juda muhim», – dedi Zelenskiy.

Hafta davomida AQSH rasmiylari Ukraina harbiylari uchun sunʼiy yoʻldosh interneti cheklangani haqidagi xabarlarni bir necha bor rad etdi.

«Bu kim boʻlishi mumkinligini umuman bilmayman, chunki bu men emas edim va Ilon boʻlgan deb ham oʻylamayman. Tushunishimcha, hammasi avvalgidek», – dedi Tramp 16-oktabr kuni jurnalistlarning cheklovlar sabablari haqidagi savoliga javoban.

Zelenskiyning sunʼiy yoʻldosh interneti bilan jihozlangan qurilmalarning maksimal tezligi pasaytirilgani haqidagi bayonotlariga AQSH davlat kotibi ham munosabat bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.