Sport

“Bu men uchun eng yaxshi tug‘ilgan kun sovg‘asi bo‘lardi” — sobiq chempion UFC 333 turniridagi titul jangi haqida

“Bu men uchun eng yaxshi tug‘ilgan kun sovg‘asi bo‘lardi” — sobiq chempion UFC 333 turniridagi titul jangi haqida

UFC’ning o‘ta yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Shon O’Melli 24-oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 333 turnirining ikkinchi asosiy jangi (co-main event) haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Ushbu bahsda amaldagi chempion Pyotr Yan hamda gruziyalik Merab Dvalishvili o‘rtasida uchinchi (trilogiya) to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi (hozircha ularning o‘zaro hisobi 1:1).

O’Melli ushbu to‘qnashuvda rossiyalik jangchining g‘alabasiga umid qilmoqda. Chunki u Dvalishviliga ikki bor imkoniyatni boy bergan, Yanni esa 2022-yilda tengkurashlar ostida kechgan jangda mag‘lub etgan edi. Agar Dvalishvili chempionlik kamarni qaytarib olsa, O’Melli u bilan uchinchi bor kamar uchun jang qilish imkoniyati pasayadi. Yan g‘alaba qozonsa, amerikalik jangchi keyingi chempionlik jangi uchun asosiy da’vogarga aylanadi.

“Yan g‘alaba qozonsa zo‘r bo‘lardi. Agar Merab yutsa, men u bilan uchinchi jangni o‘tkazishni xohlardim, lekin muxlislar buni xohlashmaydi — hozir bu to‘qnashuv hech kimga qiziq emas. Shuning uchun Pyotrning g‘alabasi men uchun eng yaxshi tug‘ilgan kun sovg‘asi bo‘lar edi. U oxirgi jangda Merabni so‘nggi raundlarda sindira oldi, shu sababli hozir Yanning imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman”, deydi Shon O’Melli.

Shuningdek, O’Mellining navbatdagi chempionlik jangiga chiqish imkoniyati nafaqat Yan – Dvalishvili bahsiga, balki 29-avgust kuni o‘tkaziladigan Umar Nurmagomedov va Song Yadong o‘rtasidagi jang natijasiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Pyotr Yan hamda Merab Dvalishvili o‘rtasidagi ilk bellashuv 2025-yil 11-mart kuni bo‘lib o‘tgan va unda gruziyalik jangchi hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi jang 2025-yilning 7-dekabr kuni o‘tkazilgan va unda rossiyalik jangchining qo‘li baland kelgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.