Layfstayl

“Britni janob Spirsga qarshi”: Shou-biznes yulduzlarining shov-shuvli hayoti haqidagi hujjatli filmlar

“Britni janob Spirsga qarshi”: shou-biznes yulduzlarining shov-shuvli hayoti haqida hujjatli filmlar

Mashhurlarning shaxsiy hayotidagi mojarolar kino syujetiga aylangan hujjatli filmlar haqida so‘z yuritamiz.

Madonna haqida bir nechta hujjatli film suratga olingan, biroq badiiy film hali ishlanmagandi. Xonanda 2020-yilda o‘zi haqidagi film ustida ishlash uchun ssenariy muallifi Diablo Kodi bilan hamkorlik qiladi. U filmga o‘zi rejissyorlik qilishni ham rejalashtiradi. Ammo suratga olish jarayoni cho‘zilib ketadi: xonanda gastrol safari muhimroq degan xulosaga keladi.

Qo‘shiqchi haqidagi so‘nggi hujjatli film “Madonna: Afsonaning tug‘ilishi” deb ataladi.

Xonanda ko‘p yillar davomida otasini sudga berib, unga nisbatan vasiylikni bekor qilishni talab qildi. U zolim ota-onaning dahshatli cheklovlari va chidab bo‘lmas yashash sharoitlarini muntazam ravishda ommaga oshkor qilib, erkinlikni talab qila boshladi. Britni o‘z maqsadiga erishdi. Vasiylikdan chiqishidan oldin “Britni janob Spirsga qarshi” hujjatli filmi namoyish etildi. Film mualliflarining ta’kidlashicha, 2010-yillarda qizning to‘satdan media maydonidan g‘oyib bo‘lishi ijoddan charchagani bilan bog‘liq emas, balki bu otasi Jeymi Spirsning rejasi bo‘lgan.

Musiqachi umrining yarmidan ko‘pini katta shou-biznesda o‘tkazdi va u haqida allaqachon ikkita hujjatli film suratga olingan. Birinchisi, “Jastin Biber: hech qachon hech qachon dema” 17 yoshga to‘lishidan biroz oldin chiqqan. O‘sha paytda o‘smirlarning muvaffaqiyat tarixi unchalik qadrlanmagan: film reytingi pasayib ketgandi. Keyingi kliplari esa dislayklarga nishon bo‘ldi.

Uch yil oldin “Fasllar” seriali chiqdi, unda Biberning shon-shuhrati, charchashi, tushkunlik davri, quvonchi, karyerasi — umuman olganda, hayoti haqida hikoya qilinadi.

Emma Kuperning “Depp Hyordga qarshi” nomli uch qismli filmida shov-shuvli yangilik topib bo‘lmaydi: barcha faktlar u yoki bu tarzda allaqachon yangiliklarda yoritilgan. Lekin hammasini bir joyga jamlash va umumlashtirish ham katta mehnat.

“Kim vs Kanye: ajrashish” hujjatli filmi mualliflari juftlikni qirol oilasiga qiyoslaydi — ularning nikohi juda mustahkam tuyulardi. Filmda yulduzlarning sevgisi qanday boshlanganі, nikohi qanday rivojlangani va uning buzilishiga nima sabab bo‘lgani tasvirlangan. Turli xil versiyalar taqdim etiladi. Albatta, bosh qahramonlar ham o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashgan: har birining o‘z haqiqati bor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.