Dunyo

Brexit’dan oʻn yil oʻtib: Britaniya nega YeIga qaytmoqchi?

Yevropa Ittifoqidan chiqqan Britaniya bugun xavfsizlik, iqtisodiy raqobat va siyosiy manfaatlar sababli YEI bilan yaqin hamkorlikka qayta ehtiyoj sezmoqda. Soʻrovnomalarga koʻra, aholining qariyb yarmi qayta aʼzolikni qoʻllab-quvvatlaydi. NATO ichidagi kelishmovchiliklar va AQSH siyosatidagi oʻzgarishlar ham bunga taʼsir qilmoqda. Biroq qayta aʼzolik murakkab siyosiy, huquqiy va iqtisodiy muzokaralarni talab qiladi.

Brexit’dan oʻn yil oʻtib: Britaniya nega YeIga qaytmoqchi?

“Brexit'ning foydasidan zarari koʻproq boʻldi”, dedi Britaniya bosh vaziri Endi Bernem 29-sentabr kuni Leyboristlar partiyasi konferensiyasidagi nutqida.

Bernem Yevropa bilan uzoq muddatli munosabatlarni qayta koʻrib chiqish va mavjud variantlar boʻyicha siyosiy konsensusga erishish niyatini bildirdi. U bu masalani Britaniya va YEI oʻrtasida rejalashtirilgan sammit atrofida muhokama qilishini aytdi. Ertasiga u YeIga toʻliq qaytish varianti ham ochiq muhokama qilinishi mumkinligini istisno etmadi.

Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketganiga hali oʻn yil ham boʻlgani yoʻq. 2016-yilda oʻtkazilgan referendum tashabbusi oʻsha paytdagi bosh vazir Devid Kemerondan chiqqan edi. Aslida, uning maqsadi mamlakatni YeIdan chiqarish emas, balki Bryusselga bosim oʻtkazish boʻlgan, degan qarash mavjud. Konservatorlar uchun haqiqiy chiqish ssenariysi ham dastlab asosiy reja boʻlmagan.

Kemeron referendum tahdididan Bryussel bilan muzokaralarda vosita sifatida foydalanmoqchi edi. London YEI bilan munosabatlarni qayta koʻrib chiqishni, migratsiya masalasida koʻproq vakolat va ayrim imtiyozlar berilishini talab qildi. Biroq Bryussel umumiy qoidalardan chekinishga tayyor emasligini bildirdi. Shundan soʻng Kemeron referendum oʻtkazishga qaror qildi.

Ammo referendum natijasi avvalo Britaniya siyosiy elitasining oʻzini hayratda qoldirdi. Jamoatchilik kayfiyatini oldindan aniq bashorat qilish qiyin. Saylovchilar soʻrovlarda bir fikrni bildirishi, amalda esa butunlay boshqacha qaror qabul qilishi mumkin. Brexit ham shunday holatlardan biri boʻldi. Brexit tarafdorlari, jumladan, Nayjel Faraj kabi siyosatchilar Britaniya YEI byudjetiga katta mablagʻ ajratayotgani, biroq buning evaziga yetarli foyda olmayotganini taʼkidlashdi.

Brexit tarafdorlari milliy suverenitetni tiklash, migratsiyani nazorat qilish va iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirishni vaʼda qilishdi. Biroq bu vaʼdalarning barchasi kutilganidek amalga oshmadi. Aksincha, Yevropa bozori bilan savdo qilishdagi yangi toʻsiqlar, mehnat resurslari bilan bogʻliq muammolar va iqtisodiy noaniqliklar Britaniyaga qoʻshimcha xarajatlar keltirdi. Albatta, mamlakat iqtisodiyotidagi barcha muammolarni faqat Brexit bilan izohlash toʻgʻri emas. Biroq Yevroittifoqdan chiqish savdo va investitsiyalar uchun yangi toʻsiqlar yaratgani, ayrim tarmoqlarning rivojlanishini sekinlashtirgani haqida jiddiy iqtisodiy bahslar mavjud.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.