Dunyo

Braziliyada onlayn qimor taqiqlandi

Foydalanuvchilar oʻz mablagʻlarini yechib olishlari uchun bukmekerlik kompaniyalarining saytlari 5-oktabrgacha ochiq boʻladi. 6-oktabrdan boshlab esa ushbu saytlar bloklanadi.

Braziliyada onlayn qimor taqiqlandi

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva mamlakat hududida virtual kazinolar va pul tikiladigan onlayn oʻyinlar toʻliq taqiqlanishini maʼlum qildi.

«Bu saratonga oʻxshaydi: oʻsimtani yoʻq qilasan yoki oʻsimta seni oʻldiradi», - deya prezidentning soʻzlaridan iqtibos keltiradi

Mazkur chora prezidentlik saylovlari arafasida joriy etildi. Saylovning birinchi bosqichi 4-oktabrga belgilangan.

«Biz jamoat salomatligi sohasida onlayn pul tikish bilan bogʻliq jiddiy muammoga duch keldik. Bu jiddiy muammo», - dedi moliya vaziri Dario Durigan.

Uning aytishicha, foydalanuvchilar oʻz mablagʻlarini yechib olishlari uchun bukmekerlik kompaniyalari saytlari 5-oktabrgacha ochiq qoladi. 6-oktabrdan boshlab esa ilovalar doʻkonlari va internet-provayderlar ushbu saytlarni bloklashi kerak.

Prezidentlik saylovida nomzodini qoʻygan senator Flavio Bolsonaru esa bu taqiqni «populistik, ikkiyuzlamachi va siyosiy maqsadlarga qaratilgan» qaror deb atadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.