Boshqa

Braziliyada kapibaralar parlament binosiga bostirib kirdi (video)

Braziliyada kapibaralar parlament binosiga kirib kelishi sababli majlis to‘xtatildi (video)

Braziliyada hududiy parlament yig‘ilishi kutilmagan mehmonlar — kapibaralar tufayli qisqa muddatga to‘xtab qoldi. Bu haqda Fox News ma’lumot berdi.

Xabarlarga ko‘ra, 30-iyul kuni bir nechta kapibara Kuyaba shahridagi Mato Grosu shtati Qonunchilik assambleyasi binosiga bemalol kirib kelgan. Xodimlar ularni tashqariga chiqarishga urinayotgan bir paytda, hayvonlar zalda xotirjam aylanib yurgan.

Parlament xodimlarining ta’kidlashicha, kapibaralar bu yerda tez-tez paydo bo‘ladi, chunki bino yovvoyi hayvonlar yashaydigan bog‘ yaqinida joylashgan. Bu kutilmagan mehmonlar hech kimga zarar yetkazmagan va kutilganidan ham tezroq hududni tark etgan. Ularning sayri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tezda ommalashib ketdi.

Kapibaralar dunyodagi eng yirik kemiruvchilar hisoblanadi. Janubiy Amerikada suvda hamda quruqlikda yashovchi bu jonivorlar o‘zining bosiq fe’l-atvori bilan tanilgan va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining sevimli hayvoniga aylangan. Ular juda kirishuvchan bo‘lib, odatda guruh bo‘lib yuradi va og‘irligi taxminan 79 kilogrammga yetishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.