Mahalliy

Bo‘stonliqda tog‘da adashib qolgan 7 kishi qutqarildi

Polvonak tog‘iga chiqqan 7 kishi adashib qoldi. Qutqaruvchilar ularni topib, xavfsiz hududga evakuatsiya qilgan.

Bo‘stonliq tog‘larida yo‘lini yo‘qotgan yetti nafar fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan murojaat asosida Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlarida adashib qolgan shaxslarni xavfsiz joyga olib chiqish bo‘yicha qutqaruv operatsiyalari o‘tkazilgan.

Jumladan, Polvonak tog‘ida yo‘lini yo‘qotgan yetti kishi va Oqtosh mahallasi hududidagi tog‘li joyda qolib ketgan bir kishiga FVV qutqaruvchilari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ularning barchasi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Jabrlanganlar yo‘qligi qayd etilgan.

Vazirlik fuqarolardan tog‘li hududlarda harakatlanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, marshrut va ob-havo sharoitini oldindan hisobga olishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘stonliqning Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan ikki kishi ham qutqarilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.