Mahalliy

Bo‘stonliqda tadbirkor 586 tup daraxtni noqonuniy qo‘porib olgani aniqlandi. Tabiatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetgan

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida MCHJ 586 tup daraxtni ildizi bilan qo‘porib olgani aniqlandi. Ekopolitsiya tomonidan to‘xtatib qolingan noqonuniy harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar 1,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Bo‘stonliqda tadbirkor 586 tup daraxtni noqonuniy ravishda qo‘porib tashlagani aniqlandi. Tabiatga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qariyb 600 tup daraxt noqonuniy ravishda ildizi bilan qo‘porib tashlangani haqida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Tekshiruv davomida tumanning G‘azalkent mahallasidagi 2 gektar yer maydonida “Y.D.” MCHJ tomonidan jami 586 tup daraxt — qimmatbaho 9 tup do‘lana, 3 tup archa hamda kam qimmatli 3 tup tog‘ olchasi va 571 tup uchqat — noqonuniy ravishda ildizi bilan qo‘porib tashlangani ma’lum bo‘ldi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha tadbirkorga avval ham bir necha bor ogohlantirish va murojaatlar qilingan bo‘lsa-da, u qonuniy talablarga bo‘ysunmagan va qarshilik ko‘rsatishga uringan.

Ayni paytda Ekopolitsiya tomonidan huquqbuzarlikka chek qo‘yilgan, maxsus texnikalar yordamida tuproq ostida qolgan daraxtlar chiqarib olingan. Yetkazilgan zarar 1 mlrd 705 mln 660 ming so‘mni tashkil etadi.

Yig‘ilgan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.