Siyosat

«Boshqaruvchilar uchun diplomatik etiket» kitobi nashrdan chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ushbu kitob davlat xizmatchilari, rahbarlar va xalqaro aloqalar mutaxassislari uchun

**"Boshqaruvchilar uchun diplomatik etiket" kitobi chop etildi**

"Boshqaruvchilar uchun diplomatik etiket" nomli o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. Ushbu kitobning mualliflari Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi katta o‘qituvchisi Nurillo To‘xtasinov va Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, 4-bosqich talabasi Muhammadnur Murodxonovdir.

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan mazkur kitob davlat xizmatchilari, rahbarlar hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

**Qo‘llanmadan nimalarni o‘rganish mumkin?**

Qo‘llanmaning muhim ilmiy-amaliy yangiliklaridan biri shundaki, unda xalqaro diplomatik huquqning asosiy manbalari hisoblangan "Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida"gi Vena konvensiyasi (1961) hamda "Konsullik munosabatlari to‘g‘risida"gi Vena konvensiyasi (1963) ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlar e’tiboriga havola etilgan. Bu esa davlat boshqaruvi, diplomatiya va xalqaro huquq yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, kitobda diplomatik protokolning xalqaro standartlari, ishbilarmonlik etiketi, rasmiy uchrashuvlar va qabul marosimlarini tashkil etish, xalqaro muloqot madaniyati, noverbal kommunikatsiya hamda boshqaruv faoliyatida zarur bo‘lgan zamonaviy etiket qoidalari amaliy misollar asosida bayon etilgan.

Mualliflarning qayd etishicha, yaqin kunlarda kitobning Smartbook shakli elektron platformalar, jumladan, Play Market va App Store platformalariga joylashtirilib, uni foydalanuvchilar bepul yuklab olishi uchun imkoniyat yaratiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.