Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi
Tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari tashkil etiladi. Kelgusi yildan 4-sinf olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib chiqqan bolalarga kompyuter beriladi. Ularning ustozlariga esa tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat bosqichi uchun 50 million, respublika bosqichi uchun 100 million so‘m mukofot ajratiladi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Ushbu loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi.
– Endi o‘rta ta’limda «sifat indeksi» joriy yetiladi,– dedi Prezidentimiz.
Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.
Ilg‘or maktab boshqa maktablarga o‘z tajribasini o‘rgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi.

