Siyosat

Bosh prokuratura vazirlik mulozimi pora bilan qo‘lga olingani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi

Ta’kidlanishicha, mazkur xabarlar asossiz bo‘lib, o‘z tasdig‘ini topmagan.

Bosh prokuratura vazirlik mulozimining pora bilan qo‘lga olingani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirliklardan birining mansabdori pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bosh prokuratura ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Rasmiy munosabatda shunday deyiladi: “Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bir vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi rahbari go‘yoki 6000 AQSh dollari bilan qo‘lga olingani haqida tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”.

Ta’kidlanishicha, mazkur xabarlar asossiz bo‘lib, o‘z tasdig‘ini topmagan.

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan faqat rasmiy manbalarda e’lon qilingan axborotlarga tayanishlarini hamda tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘ragan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.