Texnologiya

Bolaning maktabdagi baholari va davomatini my.gov.uz orqali kuzatish imkoni yaratildi

Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan farzandining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda

Bolaning maktabdagi baholari va davomatini my.gov.uz orqali kuzatish imkoniyati yaratildi

Endilikda ota-onalar my.gov.uz portali orqali umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qiyotgan farzandining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ta’lim muassasasi haqidagi batafsil ma’lumotlarni masofadan turib olishlari mumkin.

Yangi qulaylikka ko‘ra, yagona portal foydalanuvchilari farzandining har bir fan bo‘yicha joriy baholari, o‘rtacha ko‘rsatkichlari hamda sinfga oid va umumiy baholar statistikasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. Shuningdek, ta’lim muassasasining nomi, aniq manzili, maktabdagi o‘quvchilar va faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni kabi boshqa muhim ma’lumotlarni ham onlayn tarzda ko‘rish mumkin.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirib, shaxsiy kabinetdagi “Mening oilam” bo‘limiga o‘tish hamda farzand haqidagi ma’lumotlar yon tomonida joylashgan “Maktab ma’lumotlari” tugmasini tanlash kifoya qiladi.

Ma’lum qilinishicha, tez orada mazkur portalda farzandlarning maktabdagi davomati to‘g‘risida real vaqt rejimida xabar berish imkoniyati ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.