Bolalikni eslatadigan 5 ta qadrdon ertak-film (video)

Bolalikni eslatuvchi 5 ta sevimli ertak-film (video)
Bolalikda sevib tomosha qilingan ayrim filmlar yillar o‘tsa ham o‘z jozibasini yo‘qotmaydi. Ayniqsa, ertak janridagi filmlar yorqin qahramonlari, sehrli voqealari va unutilmas musiqalari bilan tomoshabinlar xotirasida muhrlanib qolgan. Quyida bir necha avlodni ulg‘aytirgan, bugun ham qayta tomosha qilishga arziydigan 5 ta mashhur ertak filmini jamladik.
**“Buratinoning sarguzashtlari”**
* **Ishlab chiqarilgan yili:** 1976-yil.
* **Janri:** Sarguzasht, myuzikl, ertak.
* **Davomiyligi:** 2 soat-u 10 daqiqa.
* **Rejissyor:** Leonid Nechayev.
* **Rollarda:** Dmitriy Iosifov, Vladimir Etush, Rolan Bikov, Yelena Sanayeva, Vladimir Basov.
* **IMDb:** 7,5.
Bu voqea sharmanchi Karloning mehnati bilan kichik bezoriga aylanib qolgan yog‘och g‘o‘ladan yasalgan bolakay haqidagi hikoya. Sho‘x bola o‘qish uchun uydan ketadi-yu, ammo o‘rniga turli sarguzashtlarga duch keladi. Biroq har safar do‘stlari yordamida Buratino suvdan quruq chiqishni uddalaydi.
Aleksey Tolstoyning “Oltin kalitcha yoxud Buratinoning sarguzashtlari” ertagining ikki qismli ekranlashtirilgan varianti musiqiy kadrlari uchun ham ko‘rishga arziydi. Aktyorlar tarkibi ham alohida e’tiborga loyiq. Filmda Vladimir Etush, Rina Zelyonaya, Rolan Bikov va boshqa ko‘plab mashhur artistlar suratga tushgan.
**“Qizil qor yog‘ganda”**
* **Ishlab chiqarilgan yili:** 1986.
* **Janr:** Fentezi, sarguzasht, komediya, ertak.
* **Davomiyligi:** 1 soat 18 daqiqa.
* **Rejissyor:** Mixail Yuzovskiy.
* **Rollarda:** Oleg Tabakov, Tatyana Peltser, Valentina Talizina, Yuriy Medvedev, Vladimir Fyodorov, Semyon Farada.
Biri shahzoda, ikkinchisi tashlandiq, uchinchisi esa xazinabonning o‘g‘li bo‘lgan uch Ivan haqidagi hikoya. Shahzoda va tashlandiq bolani o‘g‘irlab ketishadi va ular oddiy xalq orasida ulg‘ayadi, xazinabonning o‘g‘li esa shoh saroyida voyaga yetadi. Agar Ivanlar malika Milolikani deb Kosheyning oldiga borishga qaror qilmaganida, ular shunday yashayverar edi.
Film mashhur sovet ertakchi-rejissyori Mixail Yuzovskiy tomonidan suratga olingan. Aktyorlarning ajoyib ijrosi tufayli ham kartina o‘lmas asarga aylangan.
**“Uch baqaloq”**
* **Ishlab chiqarilgan yili:** 1966.
* **Janri:** Sarguzasht, ertak.
* **Davomiyligi:** 1 soat 25 daqiqa.
* **Rejissyorlar:** Aleksey Batalov, Iosif Shapiro.
* **Rollarda:** Lina Braknite, Aleksey Batalov, Pyotr Artemyev, Valentin Nikulin, Aleksandr Orlov, Rina Zelyonaya.
Zolim hukmdorlar — Uch baqaloqqa qarshi isyon ko‘tariladi. Unga sirk artisti Tibul ham qo‘shiladi. Do‘stlari panjara ortiga tashlangach, Tibul truppasi nohaq qamalganlarni qutqarish uchun tavakkal qiladi. Ular baqaloqlarning oldiga gimnastikachi qiz Suokni yuborishadi, u o‘zini qo‘g‘irchoqdek ko‘rsatishi kerak edi.
Yuriy Oleshaning ertagi asosida suratga olingan ushbu filmga Aleksey Batalov rejissyorlik qilgan. Uning o‘zi isyonchi Tibul rolini ijro etgan. Hatto dublyorsiz arqonda yurish uchun bir necha oy tayyorgarlik ko‘rgan.
**“Ayoz bobo”**
* **Ishlab chiqarilgan yili:** 1965.
* **Janri:** Ertak, melodrama, komediya.
* **Davomiyligi:** 1 soat 24 daqiqa.
* **Rejissyor:** Aleksandr Rou.
* **Rollarda:** Aleksandr Xvilya, Natalya Sedix, Eduard Izotov, Inna Churikova, Pavel Pavlenko, Vera Altayskaya, Georgiy Millyar.
Bosh qahramon Nastenka o‘gay onasining zug‘umlariga chidashga majbur. Uning qaylig‘i Ivan esa yomon xulqi tufayli ayiqqa aylantirib qo‘yilgan. Birga bo‘lish uchun ikkala qahramon ham ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tishi kerak. Bu yo‘lda ularga sehrgar Ayozbobo yordam beradi.
“Ayozbobo” ertagining ekranlashtirilishi, shubhasiz, rejissyor Aleksandr Rouning eng mashhur ijod namunasidir. Film nafaqat mamlakat kinematografiyasi uchun kult asar hisoblanadi, balki xorijda ham shuhrat qozongan. Masalan, kartina Venetsiya kinofestivalida (bolalar filmlari dasturida) bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Ko‘plab mamlakatlarda esa “Ayozbobo” Yangi yil oldi teledasturlarining ajralmas qismiga aylangan. Hatto Stiven Spilberg ushbu filmni Gollivud durdonalarining debochasi deb atagan.
**“Chippolino”**
* **Ishlab chiqarilgan yili:** 1973.
* **Janri:** Ertak, melodrama, komediya.
* **Davomiyligi:** 1 soat 25 daqiqa.
Asarda voqealar sabzavot va mevalar yashaydigan g‘aroyib mamlakatda kechadi. Bosh qahramon — quvnoq va jasur piyoz Chipollino. U oddiy xalqning og‘ir hayotiga befarq qaray olmaydi va do‘stlari bilan birga adolatsizlikka qarshi kurashadi.
Mamlakatni shahzoda Limon boshqaradi. U va uning amaldorlari oddiy aholiga turli zulm va cheklovlar o‘rnatadi. Chipollino esa do‘stlari bilan birlashib, xalqni ozodlik uchun kurashishga chorlaydi.

