Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-sonli Qonunda ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan taʼlim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslar, shuningdek, jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish nazarda tutilgan.

Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ–1180-sonli Qonun bilan baʼzi qonun hujjatlariga bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi:
**Maʼmuriy javobgarlik**
Ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolani tarbiyalash boʻyicha majburiyatlarni bajarmaslik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotini tarqatganda, axborot mahsuloti musodara qilinib, uni tarqatgan fuqarolarga BHMning 7 baravari, mansabdor shaxslarga esa 50 baravari miqdorida jarima solinadi.
Bundan tashqari, bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar qarorini bajarmaslik yoki uning bajarilishiga toʻsqinlik qilganlik uchun fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
**Mehnat munosabatlari sohasidagi oʻzgarishlar**
Bolani tarbiyalash va oʻqitish majburiyati yuklangan taʼlim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zoʻravonlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilishi mehnat shartnomasini bekor qilish uchun qoʻshimcha asos boʻlib xizmat qiladi.
Qonun bilan quyidagi himoya kafolatlari joriy etilmoqda:
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 15.10.2026 yildan kuchga kirdi.

