Layfstayl

Bolalar adabiyotini rivojlantirişga qaratilgan tanlov ğoliblari taqdirlandi

Telefon ekranidagi qahramonlar bolalar eʼtiborini egallayotgan bir paytda, kitobdagilari ularni qançalik qiziqtira oladi? Bolalarni mutolaaga jalb qiliş uçun qanday asarlar kerak? «Bolalar uçun eng yaxşi badiiy asar» respublika tanlovi ayni şu masalaga eʼtibor qaratdi. Tanlovda 198 ta ijodiy iş orasidan 23 ta asar saralanib, ular asosida bolalar va ösmirlar uçun uçta adabiy töplam naşr etildi.

Bolalar adabiyotini rivojlantirishga qaratilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi

2026-yil 23-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi hamda universitet hamkorligida tashkil etildi.

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Shahzodbek Kurbaniyazov bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish uchun ularning yoshi va qiziqishlariga mos asarlar yaratish muhimligini taʼkidladi.

«Biz bolalardan kitob o‘qishni talab qilamiz. Ammo ularning yoshiga, qiziqishiga va bugungi hayotiga mos asarlarni yetarlicha taklif qila olyapmizmi? Bugungi bolalarning qiziqishlari o‘zgarib bormoqda. Ularni kitobga jalb qilish uchun yangi mavzular, qiziqarli voqealar va o‘ziga yaqin qahramonlar kerak», - dedi u.

Universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov bolalikda o‘qilgan asarlar inson xotirasida bir umr saqlanib qolishini qayd etdi. Uning aytishicha, tanlov natijalari asosida har bir yosh toifasi uchun alohida to‘plam shakllantirilib, jami uchta to‘plam nashr etilgan.

«Bolalarga taqdim etiladigan asarlar ularning yoshi, qiziqishlari, ruhiy olami va dunyoqarashiga mos bo‘lishi, badiiy jihatdan puxta yaratilishi kerak», - dedi Shuhrat Sirojiddinov.

Taʼlim va ilm-fan vazirining maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Isajon Sultonovning fikricha, yaxshi asar bolaga tayyor xulosani aytib berish bilan cheklanmasligi kerak. U savol tug‘dirishi, qahramonlarning xatti-harakatlari haqida o‘ylashga undashi va bolaga voqealarni o‘z tajribasi bilan bog‘lash imkonini berishi lozim.

«Olti yoshli bola bilan o‘n olti yoshli o‘smirning hayotiy tajribasi, diqqati, so‘z boyligi va adabiyotdan kutadigani bir-biridan farq qiladi», - dedi u.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.