Mahalliy

Bo‘ka tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

Avval hokim sifatida ishlab kelgan Sardor Isoqulov avvalroq boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod

Bo‘ka tumaniga yangi rahbar tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga yangi nomzod tasdiqlandi.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid maqsad va vazifalarning bajarilishi yuzasidan tahliliy ma’ruza qildi.

Tashkiliy masala ko‘rilgan sessiyada, avvalgi Bo‘ka tumani hokimi Sardor Isoqulov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga hozirda «Agrobank» ATB Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan Abdazimov Murod Ilhomovich nomzodini taklif etdi.

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi M. Abdazimovni tuman hokimi etib tasdiqladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.