Mahalliy

Bogʻchalarga ehtiyoj ortayotgan bir paytda Qashqadaryodagi toʻrtta «Erkatoy» sotuvga chiqarildi

Qashqadaryoda «Shoʻrtan» gaz-kimyo majmuasi tasarrufidagi toʻrtta «Erkatoy» bogʻchasi sotuvga qoʻyildi. Yangi xaridorlarga bogʻcha faoliyatini davom ettirish majburiyati yuklanmagan. Xususiylashtirish «Oʻzbekneftgaz»ni moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturi doirasida amalga oshirilyapti. Taʼlim muassasalari yopilishi ortidan yuzlab bolalar boshqa joyga koʻchirilyapti, oʻnlab pedagoglar esa ishsiz qolgan.

Bogʻchalar yetishmayotgan bir vaqtda Qashqadaryodagi toʻrtta «Erkatoy» sotuvga qoʻyildi

Oʻzbekistonda aholi soni ortib borayotgani sabab maktab va bogʻchalarga tushayotgan yuklama ham yil sayin kuchayib, bola oʻrni tanqisligi yanada chuqurlashmoqda. Shunday vaziyatda Qashqadaryo viloyatidagi «Shoʻrtan» gaz-kimyo majmuasi balansidagi «Erkatoy» nomli 4 ta bogʻcha sotuvga chiqarildi.

«Erkatoy-1» bogʻchasi Nishon tumani «Kimyogar» MFY Adolat koʻchasi 68-uyda joylashgan. Bogʻcha 140 oʻrinli, yer maydoni 1,28 gektar. Bino va inshootlarning umumiy egallagan maydoni 2243 kvadrat metrni tashkil etadi. Boshlangʻich narxi — 11 mlrd 438 mln soʻm.

«Erkatoy-2» bogʻchasi Nishon tumani «Kimyogar» MFY Adolat koʻchasi 99-uyda joylashgan. Bogʻcha 140 oʻrinli, yer maydoni 1,12 gektar. Bino va inshootlarning umumiy egallagan maydoni 2317 kvadrat metr. Boshlangʻich narxi — 11 mlrd 333 mln soʻm.

«Erkatoy-3» bogʻchasi Qarshi shahri «Neftchi» MFY Jayhun koʻchasi 11-uyda joylashgan. Bogʻcha 150 oʻrinli, yer maydoni 0,96 gektar. Bino va inshootlarning umumiy egallagan maydoni 4006 kvadrat metr. Boshlangʻich narxi — 34 mlrd 882 mln soʻm.

«Erkatoy-4» bogʻchasi Gʻuzor tumani «Mustaqillik» MFY Mustaqillik koʻchasi 235-uyda joylashgan. Bogʻcha 140 oʻrinli, yer maydoni 0,53 gektar. Bino va inshootlarning umumiy egallagan maydoni 2114 kvadrat metr. Boshlangʻich narxi — 10 mlrd 540 mln soʻm.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.