BMW i3L elektromobili yurish zaxirasi boʻyicha rekord oʻrnatdi
Germaniyaning BMW kompaniyasi yoʻl sinovlari davomida elektromobilda uzoq masofaga yurish boʻyicha yangi rekord oʻrnatdi. i3 50L sedani qayta quvvatlanmasdan 1213 km masofani bosib oʻtib, 100 km uchun oʻrtacha 8,8 kVt·soat elektr energiyasi sarfini koʻrsatdi.

BMW i3L elektromobili yurish zaxirasi bo‘yicha rekord qayd etdi
Yangi BMW i3 50L elektr sedani Xitoydagi yo‘l sinovlari chog‘ida qayta quvvatlanmasdan 1213 km masofani bosib o‘tdi. Bu haqda Car News China nashri xabar berdi.
Avtomobil belgilangan manzilga akkumulyatorida atigi 1 foiz zaxira quvvati qolgan holda yetib keldi. Bosib o‘tilgan masofa e’lon qilingan yurish zaxirasining 118 foizini tashkil etdi va bu brendning uzoq masofaga yurish sinovlaridagi yangi rekordiga aylandi.
Sinov paytida o‘rtacha elektr energiyasi sarfi 100 km uchun bor-yo‘g‘i 8,8 kVt·soatni tashkil etdi. Shu bilan birga, marshrut avtomagistrallar, oddiy yo‘llar va shahar ko‘chalarini qamrab olgan edi.
BMW i3 50L yangi Neue Klasse elektr platformasi asosida ishlab chiqilgan. Sinovdan o‘tkazilgan sedan 113,4 kVt·soat sig‘imli akkumulyator va 800 voltli arxitektura bilan jihozlangan. BMW i3 50L modelini seriyali ishlab chiqarish va Xitoy bozoriga chiqarish 2026-yil to‘rtinchi choragiga rejalashtirilgan.
Sinovlar BMW kompaniyasining Xitoyning Shenyan shahridagi zavodida oltinchi avlod akkumulyatorlarini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi munosabati bilan o‘tkazildi.

