Dunyo

BMTda 80 ta davlat Eronni qoralab, Hormuzni qayta ochishni talab qildi

BMTda 80 ta davlat Eronni qoralab, Hormuzni qayta ochishni talab qildi

24-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasi sessiyasi doirasida qariyb 80 mamlakat Hormuz bo‘g‘ozini zudlik bilan qayta ochishga chaqirdi. Ular Eron va uning ittifoqchisi bo‘lgan husiylarning mintaqadagi hujumlari xalqaro savdo hamda energetika xavfsizligini izdan chiqarayotganini keskin qoraladi.

“Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatlari xalqaro xavfsizlik, shuningdek, kemalarning erkin harakatlanish huquqi va erkinligiga tahdid solishda davom etmoqda”, deyiladi BMTda Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid az-Zayani o‘qib eshittirgan qo‘shma bayonotda.

Hujjatda husiylarning Yamanda mojarolarni qayta boshlash qarori, Saudiya Arabistoniga uyushtirayotgan uzluksiz zarbalari hamda Qizil dengizdagi hujumlari qat’iy qoralandi.

Mazkur bayonotni Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari va G‘arbning yetakchi mamlakatlari qo‘llab-quvvatladi. Unda husiylarning Bob al-Mandab bo‘g‘oziga tomon siljishi xalqaro yuk tashish, dengiz xavfsizligi va global savdo uchun xavflarni yanada kuchaytirishi ta’kidlandi.

Eron va husiylar esa o‘z harakatlarini mudofaa va o‘zini himoya qilish bilan izohlamoqda. Kuni kecha Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon BMT minbarida nutq so‘zlab, Eron AQSH oldida tiz cho‘kmasligini aytgandi. U Islom Respublikasi terrorizm qurboni bo‘lganini ta’kidlagan. Uning nutqi vaqtida AQSH delegatsiyasi zaldan chiqib ketgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.