BMB HOLDING Ispaniya kompaniyalari bilan agrosanoat loyihalarini muhokama qildi
Toshkentda oʻtkazilgan Oʻzbekiston — Ispaniya biznes-forumida BMB HOLDING Ispaniya kompaniyalari bilan texnologiyalar, qishloq xoʻjaligi texnikasi va qoʻshma loyihalar boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.

**BMB HOLDING Ispaniya kompaniyalari bilan agrosanoat loyihalarini muhokama qildi**
BMB HOLDING 29–31 oktyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston — Ispaniya biznes-forumi doirasida Ispaniya kompaniyalari bilan qishloq xoʻjaligi va agrosanoat ishlab chiqarishi sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini koʻrib chiqdi. Forumda Ispaniyaning 20 ga yaqin kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, agrar sektorga investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qoʻshma loyihalarni tayyorlashga bagʻishlandi.
Biznes-dastur davomida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligining holati va sohaning dolzarb vazifalari muhokama qilindi. Mineral va organik oʻgʻitlar ishlab chiqarish, tuproq unumdorligini oshirish, ularni dezinfektsiya qilish vositalarini ishlab chiqish hamda ilgʻor agrotexnologiyalarni joriy etish hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida belgilandi.
Форумда BMB HOLDING номидан департамент директори Бобир Яҳяев иштирок этди. У Agro-Industrial Group, Industrias David S.L.U., Pol. Ind. Los Palomares, Viveros Veron, PSB Produccion Vegetal, Agromillora Fidan Uretim ve Paz Ltd. ва Armando Alvarez Group вакиллари билан музокаралар ўтказди.
Bundan tashqari, Ispaniyaning Moskva va Toshkentdagi Elchixonasi Iqtisodiy va savdo boʻlimining iqtisodiy va savdo masalalari boʻyicha maslahatchisi Xesus Varela bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tomonlar Ispaniya kompaniyalari faoliyatining yoʻnalishlari, ularning ishlab chiqarish tajribasi va qoʻllaniladigan texnologiyalari, shuningdek, Oʻzbekiston bozoriga chiqish va hamkorlikdagi ishlarni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Ispaniya biznesi vakillariga BMB HOLDING faoliyati, xoldingning investitsion va ishlab chiqarish salohiyati hamda uning istiqbolli loyihalari haqida maʼlumot berildi.
Muzokaralarning asosiy mavzulari qatoridan qishloq xoʻjaligi texnikasi, zamonaviy agrotexnologiyalar, koʻchatchilik, oʻsimlikshunoslik va agrosanoat ishlab chiqarishi oʻrin oldi. Ishtirokchilar, shuningdek, xorijiy texnologiyalarni Oʻzbekiston sharoitiga moslashtirish va qoʻshma tashabbuslarni ishlab chiqish imkoniyatini ham koʻrib chiqdilar.
Aniq kelishuvlar, investitsiyalar hajmi va loyihalarni amalga oshirish muddatlari haqidagi maʼlumotlar keltirilmagan.

