«Bizni öldirişdi». «Novaya gazeta» yopilayotganini eʼlon qildi
1993-yilda taşkil etilgan va 2026-yil sentabrida «çet el agenti» deb eʼlon qilingan «Novaya gazeta» faoliyatini töxtatmoqda. Bu qaror haqida tahririyat sönggi 30 yil mobaynida işlab kelgan binodan köçirib yuborilişi ortidan eʼlon qilindi.

«Bizni öldirişdi». «Novaya gazeta» yopilayotganini maʼlum qildi
Rossiyada faoliyatini davom ettirib kelgan eng mashhur mustaqil ommaviy axborot vositalaridan biri bo‘lgan «Novaya gazeta» ham yopilayotganini eʼlon qildi. Bir kun avval tahririyat Moskva shahri markazidagi Potapovskiy tor ko‘chasidagi ofisdan ko‘chirilayotgani haqida xabar berilgandi — nashr jurnalistlari so‘nggi 29 yil davomida aynan shu yerda ishlagan. Shu sababli Anna Politkovskaya muzeyi ham yopiladi (muzey u ishlagan kabinetda tashkil etilgandi). Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan so‘ng, RF rasmiylari nashr saytini bloklagan va gazetaning guvohnomasini olib qo‘ygandi, 2026-yil sentabr oyida esa «Novaya» «chet el agenti» deb eʼlon qilindi. The Economist maʼlumotiga ko‘ra, 26-oktabr kuni gazeta tahririyati yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda nashrni yopish haqida qaror qabul qilingan. 30-oktabr kuni ertalab «Novaya» o‘z faoliyatini to‘xtatishini rasman maʼlum qildi.
Bizni öldirişdi
9-noyabr kuni 30 yil yashagan uyimizdagi chiroqlarni o‘chiramiz, serverlarni ham o‘chirib, chiqib ketamiz. Gazeta endi yo‘q. Rossiya hukumati va Rossiya maxsus xizmatlari tahririyatni ishni to‘xtatishga majbur qildi.
Mamlakat va uning fuqarolari bilan birga o‘tgan o‘ttiz yildan ortiq umrimiz biz uchun pulsiz ko‘chada qolish va doimiy qatag‘onlar xavfi ostida yakunlanmoqda.
Umrimizning ko‘p yillari baxtli o‘tdi — ijod va umidlar, o‘quvchilar, do‘stlar, matnlar, filmlar bilan. Baʼzan bu yillar juda achchiq ham bo‘lardi.
Shuning uchun achchiqki, banditlik avj olgan 90-yillarda emas, aynan mana shu rejim boshqaruvi davrida siyosiy sabablarga ko‘ra, o‘z kasbiy va fuqarolik burchini bajargani uchun hamkasblarimiz o‘ldirildi: Igor Domnikov, Yuriy Shchekochixin, Anna Politkovskaya, Stas Markelov, Anastasiya Baburova, Natalya Estemirova.
Ko‘chirib yuborish to‘g‘risidagi xat bilan bir vaqtda bizga o‘quvchilarimizdan xayriya olish imkonini beruvchi donat tizimini ham o‘chirib qo‘yishdi. Yaʼni mablag‘dan mahrum qilishdi. Butunlay.
Bu — muvofiqlashtirilgan aksiya. Banklarning bu ishlarni o‘z ichki korporativ qoidalaridan kelib chiqib qilayotgani haqidagi bahonalar hech kimni ishontira olmaydi. Bu — davlatning repressiv apparati, har bir tashkilot tomi ostiga joylashib olgan FSB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tashqi qoidalardir. Ular mamlakatni o‘z mulki deb hisoblashadi.
Harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng, boshqa barcha jurnalistlar qatori bizni ham hozirgi davrning eng asosiy va fojiali voqealari haqida gapirish imkoniyatidan mahrum qilishdi. Mamlakatga senzurani qaytargan qonunlar qabul qilindi. Keyinchalik bu senzura inson hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab oldi.

