Iqtisodiyot

Biznesni qöllab-quvvatlaş va nazoratni kuçaytiriş örtasida: davra suhbatida qanday muammolar muhokama qilindi?

Tadbirkorlarni ortiqça tekşiruvlardan qanday himoya qiliş va ayni paytda yaşirin savdoga qanday çek qöyiş mumkin? Uşbu masala ÖzLiDeP iştirokida taşkil etilgan “Taraqqiyot nuqtasi” munozara klubining navbatdagi yiğilişida asosiy mavzulardan biriga aylandi.

Biznesni qo‘llab-quvvatlash va nazoratni kuchaytirish o‘rtasida: davra suhbatida qanday muammolar muhokama qilindi?

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Biznes-ombudsman, tegishli vazirliklar, soliq va bojxona organlari, tadbirkorlik sohasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan sharoitlar, ma’muriy to‘siqlar va biznes bilan davlat o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, jarimalarning asoslanganligi, mansabdor shaxslarning javobgarligi, soliq ma’muriyatchiligi va investorlar uchun huquqiy muhitning barqarorligi diqqat markazida bo‘ldi.

Shuningdek, savdo korxonalari qonunchilik talablarini bajarish jarayonida duch kelayotgan qiyinchiliklar, jumladan, naqdsiz hisob-kitoblar tartibi muhokama qilindi. Tadbirkorlar savdoning amaldagi sharoitlarini va xaridorlar, shu jumladan, xorijiy sayyohlar manfaatlarini hisobga olishga chaqirdilar.

Biroq muhokamalarda eng muhim masalalardan biri amaldagi cheklovlarning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishdagi samaradorligi bo‘ldi.

Jamoatchilik faollaridan biri muomalasi cheklangan yoki taqiqlangan ayrim tovarlarning noqonuniy sotilishi haqida so‘z yuritdi. U misol tariqasida elektron sigaretalar va nikotinli pauchlarni keltirib, bu mahsulotlar norasmiy kanallar orqali xaridorlarga yetib borayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuzatuvlar va jurnalistik surishtiruvlar bunday mahsulotlarning kichik savdo nuqtalari hamda internet platformalari orqali sotilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, xaridorlarning yoshi tekshirilmasdan savdo qilinishi, shuningdek, mahsulotlarning ochilgan qadoqlardan donalab sotilishi haqidagi ma’lumotlar jiddiy xavotir uyg‘otdi.

Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, bu xaridorlar uchun xavflarni oshiradigan, mahsulotlarning kelib chiqishi va sifatini aniqlashni qiyinlashtiradigan qonunbuzarliklardan dalolat berishi mumkin. Ishtirokchilar voyaga yetmaganlarni himoya qilish va ularning salomatlik uchun xavf tug‘dirish ehtimoli bo‘lgan tovarlardan foydalanishini cheklash davlat tomonidan tartibga solishning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolishi kerakligini ta’kidladilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.