Mahalliy

Biznesga qöllov, SMS-reklamalar nazorati va suyultirilgan gaz taʼminotida yangi tizim: 1-noyabrdan nimalar özgaradi?

Kun.uz sayti öz anʼanasiga muvofiq 2026-yil 1-noyabrdan boşlab Özbekiston qonunçiligida kuçga kiradigan ayrim normalarni eslatib ötadi.

Biznesni qo‘llab-quvvatlash, SMS-reklamalar ustidan nazorat va suyultirilgan gaz ta’minotida yangi tartib: 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

**Biznes uchun elektr va gaz bo‘yicha oldindan to‘lov 15 foizga tushiriladi**

Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan tadbirkorlik subyektlari uchun avans to‘lovi miqdori 100 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Bu davlat rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosiga oid prezident farmonida ko‘rsatilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish hamda nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan, masofadan o‘chirish (yoqish) imkoniyatiga ega hisoblagichi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

- elektr energiyasi va tabiiy gazning oylik iste’moli uchun oldindan to‘lanadigan haq miqdori 15 foiz etib belgilanadi (oxirgi ikki oy davomida to‘lov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno);

- elektr energiyasi va gaz sarfi to‘g‘risidagi yozma hisobotlarni hududiy elektr va gaz ta’minoti korxonalariga topshirish majburiyati bekor qilinadi.

1-noyabrdan e’tiboran, shuningdek, iste’molchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish shartnomalarini elektron tuzish orqali ularni qog‘ozda rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi.

**SMS-reklamalar tartibga solinadi**

2026-yil 1-noyabrdan boshlab shaxsning yozma yoki elektron ruxsatini olmay turib uning telefon raqamiga SMS shaklida tovar va xizmatlar taklifini (reklamasini) yuborish taqiqlanadi. Bu haqda prezidentning tegishli qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorda O‘zbekistonda reklama sohasidagi ayrim munosabatlar iste’molchilar manfaatida tartibga solinishi nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, fuqarolarning reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalariga oid huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:

- mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yo‘li bilan tovar (ish, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvchi har qanday yuridik va jismoniy shaxslar faqat shaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan so‘ng ushbu harakatlarni (reklamani) amalga oshiradi;

- mobil aloqa vositalariga reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarnomalarni jo‘natish xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘zlarining axborot tizimlarini Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyin tegishli xizmatlarni ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi;

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.