Biznes-ombudsman Andijonda tadbirkorlar faoliyatini oʻrgandi
Biznes-ombudsman Abdumannob Boʻriyev 23-sentabr kuni Andijon viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyatini oʻrgandi. Tashrif davomida ishlab chiqaruvchilarning huquqlari doimiy himoya qilinishi taʼkidlandi.

Biznes-ombudsman Andijonda tadbirkorlar faoliyatini oʻrgandi
Biznes-ombudsman maʼlumotiga koʻra, uchrashuvlar prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti hamda hukumat yigʻilishida ko‘tarilgan masalalarning davomi sifatida tashkil etilgan.
Xususan, Xoʻjaobod tumanidagi Nil-granit MCHJ faoliyati koʻzdan kechirildi. 30 yillik tajribaga ega ushbu korxona SAMO brendi ostida toʻqimachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Korxonada 1 548 nafar xodim ishlamoqda. Uning yillik aylanmasi 300 milliard soʻmni, eksport hajmi esa 30 million dollardan ortiqni tashkil etadi.
Prezident ham Andijon viloyatiga tashrifi davomida yirik loyihalar taqdimoti hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishgan.

