Biznes muzokaralari palov dasturxoni atrofida: Toshkentda 20 ta Rossiya kompaniyasi oʻzbekistonlik hamkorlar bilan uchrashadi
Ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatishga qaratilgan tadbir 29-sentabr kuni City Palace mehmonxonasi qoshidagi Crystal Garden restoranida boʻlib oʻtadi. «Rossiyada ishlab chiqarilgan» milliy brendi ostidagi ushrashuvda mahsulotlar taqdimoti va biznes muzokaralaridan tashqari, palov tayyorlash boʻyicha «oshpazlar jangi» ham tashkil etiladi.

**Biznes muzokaralari palov dasturxoni atrofida: Toshkentda 20 ta Rossiya kompaniyasi oʻzbekistonlik hamkorlar bilan uchrashadi**
Rossiya biznesi Oʻzbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda. Ikki davlat oʻrtasidagi savdo hajmi ham ortib borayotgan bir paytda, Toshkentda Rossiya ishlab chiqaruvchilari va oʻzbekistonlik tadbirkorlarni bir maydonda jamlaydigan B2B uchrashuvi tashkil etilmoqda.
29-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan tadbir «Rossiyada ishlab chiqarilgan» milliy brendi ostida oʻtkaziladi. Unda Rossiyaning 20 ta kompaniyasi oʻz mahsulotlarini namoyish etib, Oʻzbekistondagi potensial hamkorlar bilan bevosita muzokaralar olib boradi.
Tadbirning bosh maqsadi faqat mahsulotlarni ko‘rsatish emas. U Rossiya va Oʻzbekiston kompaniyalari oʻrtasida aniq biznes aloqalarini yoʻlga qoʻyish, yangi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilish va ehtimoliy bitimlar uchun asos yaratishga qaratilgan.
**Biznes muzokaralari palov bilan davom etadi**
Ishbilarmonlik dasturi norasmiy shaklda davom etadi. Tadbir doirasida «oshpazlar jangi» oʻtkazilib, unda oʻzbekistonlik bosh oshpazlar Rossiya ishlab chiqaruvchilari mahsulotlaridan foydalangan holda palovning turli turlarini tayyorlaydi.
Palov uchun guruch Rossiyadagi yirik guruch ishlab chiqaruvchilardan biri boʻlgan Angstrem Treyding MChJning Natsional brendi tomonidan taqdim etiladi. Goʻsht mahsulotlarini esa Rossiyadagi yirik ishlab chiqaruvchilardan biri Miratorg yetkazib beradi.
Bu format biznes muzokaralarini Oʻzbekistonga xos mehmondoʻstlik muhiti bilan uygʻunlashtirishni nazarda tutadi. Yaʼni tadbir ishtirokchilari nafaqat muzokara stolida, balki milliy taom atrofida ham muloqot qilish imkoniga ega boʻladi.
**Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo oʻsmoqda**
Toshkentdagi uchrashuv ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo aloqalari kengayib borayotgan sharoitda oʻtkazilmoqda.
2025-yil yakuniga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 12,4 foizga oshgan. Jumladan, eksport 11,6 foizga, Oʻzbekistondan Rossiyaga import esa 14 foizga koʻpaygan.
Yil yakuni boʻyicha Rossiya bilan savdo hajmi qariyb 13 mlrd dollarga yetgan. Taʼkidlash joizki, Rossiya Xitoy bilan bir qatorda Oʻzbekistonning yirik savdo hamkorlaridan biri boʻlib qolmoqda. Ushbu ikki mamlakat hissasi Oʻzbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida 37 foizdan ortiqni tashkil etadi.
Mazkur koʻrsatkichlar ortida alohida kompaniyalar, yetkazib beruvchilar va xaridorlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlik turadi. B2B uchrashuvi ana shu makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni aniq biznes aloqalariga aylantirishga qaratilgan.

