Iqtisodiyot

“Bitta maydoncha — ko‘plab imkoniyatlar”: Wildberries Lucento brendiga sotuvlar ko‘lamini kengaytirishga qanday yordam bermoqda?

Lucento zargarlik brendi Toshkentda oltin buyumlar ishlab chiqaradi va 2024-yildan boshlab ularni Wildberries platformasida sotib kelmoqda. Kompaniya rahbari Jasur Ruzayev zavodning qanday tuzilganini namoyish qildi hamda nima uchun onlayn savdo asosiy sotuv kanallaridan biriga aylanib borayotgani haqida o‘rtoqlashdi.

“Bitta maydoncha — ko‘plab imkoniyatlar”: Wildberries Lucento brendiga sotuvlar ko‘lamini kengaytirishda qanday yordam bermoqda?

Onlayn savdo o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun qoidalarni o‘zgartirmoqda, zargarlik sohasi ham bundan mustasno emas. Wildberries O‘zbekistonda 2022-yildan beri faoliyat yuritib, bosqichma-bosqich yangi tovar toifalarini, jumladan zargarlik buyumlarini ham qamrab olmoqda. Marketpleys imkoniyatlaridan foydalanayotgan brendlardan biri Lucento bo‘lib, u 2024-yil boshidan beri platformada o‘z mahsulotlarini taqdim etib kelayotgan o‘zbekistonlik oltin taqinchoqlar ishlab chiqaruvchisidir.

Lucento Goldmund Tashkent kompaniyasiga tegishli bo‘lib, 2021-yildan beri faoliyat yuritadi va to‘liq ishlab chiqarish sikli tamoyili asosida tashkil etilgan. Kompaniyaning Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ishlab chiqarish sexi 3200 kv2 maydonni egallaydi va Italiya uskunalari bilan jihozlangan, zavodda jami 160 kishi ishlaydi. Brend assortimenti uch mingdan ortiq modelni o‘z ichiga oladi va quyidagilarni qamrab oladi:

Hammasi Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlaridan oltin xomashyosi keltiriladigan markaziy seyf-ombordan boshlanadi. Bu yerdan oltin turli texnologiyalar yordamida zargarlik buyumlari tayyorlanadigan sexlarga taqsimlanadi: qayerdadir zanjirlar avtomatik dastgohlarda to‘qilsa, boshqa joyda taqinchoqlar 3D-bosma mum modellari asosida quyiladi. Yo‘qotishlarni nazorat qilish tizimi alohida o‘ylab chiqilgan: sexlarda eng mayda qoldiqlarni yig‘ib olish uchun oyoq ostiga maxsus pol yotqizilgan, suv va havo esa filtrdan o‘tkaziladi. Har bir tayyor mahsulotga litsenziyalangan sifat nazoratini tasdiqlovchi AFD tamg‘asi bosiladi. Shu bilan birga, bozor ishlab chiqaruvchi uchun o‘zining qat’iy qoidalarini belgilaydi.

“Bu sohadagi assortiment deyarli cheksiz. Agar har oy bozorga yangi dizaynlar chiqarilmasa, bozordan ancha ortda qolib ketish mumkin”, — deb tushuntiradi Jasur Ruzayev.

Bunday sharoitda sotuv kanali juda muhim ahamiyat kasb etadi. Lucento brendi savdo vakillari va savdo nuqtalari orqali oflayn tarmoqni rivojlantirmoqda, ammo bunda marketpleysning roli tobora ortib bormoqda. Jasur Ruzayev Wildberries bilan hamkorlikni 2021-yildan boshlab hisoblaydi. O‘shanda platforma asoschisi Tatyana Kim O‘zbekistonga kelib, korxonaga tashrif buyurgan edi. Lucento’ning birinchi kartochkalari maydonchada 2024-yil boshida paydo bo‘ldi va shundan beri sotuv hajmi oydan oyga o‘sib bormoqda. Lucento brendi o‘zi ulgurji ishlab chiqaruvchi modeli asosida faoliyat yuritadi va mahsulotlarni O‘zbekiston bo‘ylab tarqatadi, buyurtmalarni xaridorga yetkazib berishni esa Wildberries tarqatish punktlari infratuzilmasi ta’minlaydi. Brend rahbari marketpleysning asosiy afzalligini quyidagicha ta’riflaydi:

“Oflayn do‘konda siz bir kilogramm mahsulotni sotuvga qo‘yasiz va uni faqat do‘konga kirgan odamgina ko‘radi xolos, boshqa hech kim. Onlayn savdoning afzalligi shundaki, biz marketpleysda kartochkalarimizni qayerda ko‘rsatishni va ularni qanday auditoriya ko‘rishini o‘zimiz tanlaymiz. Shu tariqa biz cheksiz miqdordagi odamlarga mahsulotlarimizni xarid qilish imkoniyatini yaratamiz”, — deydi Lucento rahbari.

Qamrovni ta’minlashdan tashqari, Wildberries brendni platformaning o‘zida ham targ‘ib qilishga yordam beradi. Marketpleysning bosh sahifasida hamkorlar uchun vitrina joylari ajratib ko‘rsatiladi. Lucento rahbari ta’kidlagan yana bir afzallik — bu obro‘-e’tibor.

“Wildberries'dagi ishtirokimiz reklama vazifasini o‘taydi. Zargarlik tashkiloti sifatida ushbu platformada mahsulot sotayotganimiz xaridorlarga ishonchli mahsulot yetkazib berayotganimizning belgilaridan biridir”, — deb ta’kidlaydi Jasur Ruzayev.

Lucento’ning savdo geografiyasi O‘zbekiston bilan cheklanib qolmaydi: brend Wildberries faoliyat yuritayotgan har qanday mamlakatda savdo qilishi mumkin va kompaniya onlayn platformani biznesni o‘z mamlakatidan tashqarida kengaytirishning asosiy vositasi sifatida ko‘radi. Lucento brendining yaqin oradagi rejalaridan O‘zbekistondan tashqarida marketpleysdagi ishtirokini faol rivojlantirish va barcha mavjud bozorlarda sotuvlar hajmini oshirish joy olgan. Bitta zargarlik kompaniyasi va bitta marketpleys misolida maydoncha ishlab chiqaruvchining bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifasini qanday hal qilishi yaqqol ko‘rinadi: savdo ko‘lami, auditoriyani maqsadli qamrab olish va brendni targ‘ib qilish shular jumlasidan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.