Siyosat

Bishkekda Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

Bishkekda Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Bishkek shahriga amaliy tashrif doirasida uchrashuv oʻtkazdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati 31-avgust kuni maʼlum qildi.

Muloqot chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xabarda taʼkidlanishicha, savdo-iqtisodiy hamkorlikning jadal rivojlanishi mamnuniyat bilan qayd etilgan. Joriy yil boshidan buyon oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshgan. Sanoat, energetika, metallurgiya, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik qoʻshma loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.

Uchrashuvda oʻzaro savdoning ijobiy dinamikasini saqlab qolish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, hududlararo aloqalarni faol davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni kelgusida ham kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezidentlar ikki va koʻp tomonlama formatlardagi boʻlajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

Ayni paytda Qirgʻiziston Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga mezbonlik qilmoqda. Tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Xitoy va Pokiston rahbarlari, AQSH Prezidentining maxsus vakili hamda BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Sammit muloqotlari 1-sentyabr kuni ham davom etishi belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.