Iqtisodiyot

Birjada propan narxi 2 savdo kunida 65 foizga qimmatlashdi

Suyultirilgan gazning 1 tonnasi uchun ulgurji narx 17-18 sentabrdagi savdolarda 7 mln 412 ming soʻmdan 12 mln 217 ming soʻmga yoki 64,8 foizga koʻtarildi. Bu narx oʻsishiga qoʻyilgan  cheklovning bekor qilingani bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Birjada propan narxi 2 savdo kunida 65 foizga qimmatlashdi

17–18 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan 2 birja savdosida propan narxi 64,8 foizga oshdi.

17-sentabr kungi savdolarda suyultirilgan gazning 1 tonnasi uchun o‘rtacha narx 7 mln 412 ming so‘mdan 11 mln 905 ming so‘mgacha ko‘tarilib, 60,6 foizga qimmatlashdi.

18-sentabr kuni esa narx qariyb 2,6 foizga oshib, 12 mln 217 ming so‘mga yetdi. Shu tariqa propanning ulgurji narxi 2 kun ichida 4,8 mln so‘mga yoki taxminan 65 foizga oshdi.

Narxlarning keskin ko‘tarilishi 17-sentabrdan boshlab birja savdolarida suyultirilgan gazni sotish narxining o‘sishiga qo‘yilgan cheklov bekor qilingani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.