Bir qator viloyatlarda yomgʻir yogʻib, kunduzi +26° gacha issiq boʻladi: 13 oktyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 13 oktyabr kuni yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda esa kuchli yogʻingarchilik hamda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo +22…+24° gacha isiydi. Poytaxtda havo oʻzgarib turadi. Kechasi harorat +12…+14°, kunduzi +22…+24° ni tashkil etadi. Shimoli-sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esishi kutilmoqda. Buxoro va […]

Bir qator hududlarda yomgʻir va kunduzi +26° gacha: 13 oktyabr kuni Oʻzbekistonda kutilayotgan ob-havo
13 oktyabr kuni Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, togʻ oldi va togʻli hududlarda esa kuchli yogʻingarchilik hamda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, Toshkentda yogʻingarchilik prognoz qilinmayapti, kunduzi havo +22…+24° gacha isiydi.
Poytaxtda havo oʻzgarib turadi. Kechasi havo harorati +12…+14°, kunduzi +22…+24° ni tashkil etadi. Shimoli-sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylarda yomgʻir yogʻadi. Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli bor. Fargʻona vodiysida kechasi va ertalab joylarda yomgʻir yogʻishi va tuman tushishi kutilmoqda.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Shuningdek, tuman va sel-suv toshqini hodisalari xavfi mavjud.
Kunduzi respublika boʻyicha havo harorati +18…+26° ni tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.

