Layfstayl

Bir-birini ko‘rgani ko‘zi yo‘q Gollivud yulduzlari

Gollivud yulduzlari orasidagi kelishmovchiliklar

Shou-biznes faqatgina qizil gilamlar, millionlab gonorarlar va kameralar oldidagi tabassumlardan iborat emas. Parda ortida ko‘pincha achchiq so‘zlar aytiladi, ba’zi mashhurlar esa yillar davomida bir-birlarining eski ginalarini kechira olmaydi.

Eminem va Merayya Keri

Bu, shubhasiz, pop-madaniyat tarixidagi eng shov-shuvli mojarolardan biridir. Qisqa ishqiy munosabatdan so‘ng Eminem va Merayya uzoq yillar davomida intervyu va qo‘shiqlari orqali bir-biriga kinoya qilib keldi. Xonandaning ular o‘rtasida biror munosabat bo‘lganini butunlay inkor etishi reperning g‘ashiga tekkani aniq. Eminem o‘z noroziligini o‘ziga xos uslubda – treklaridagi keskin satrlar bilan izhor etishni afzal ko‘rdi.

Vin Dizel va Dueyn Jonson

“Forsaj” filmini suratga olish maydonchasida ikki o‘ta kuchli xarakter to‘qnashdi. Dueyn Jonson ish jarayonida faol ishtirok etishni xohlagan, Vin Dizelga esa bu umuman yoqmagan. Natijada nizo shu qadar kuchayib ketdiki, aktyorlar uzoq vaqt birga suratga tushishdan bosh tortib yurishdi. Aftidan, bitta franshizadagi maydon ikkita asosiy alfa erkakka chindan ham torlik qilganga o‘xshaydi.

Eminem va Machine Gun Kelly

Ikki reper o‘rtasidagi ziddiyat Machine Gun Kellyning Eminemning voyaga yetmagan qizi haqida nomaqbul fikr bildirganidan so‘ng boshlandi. Marshall uchun bu so‘nggi chora bo‘ldi. Shundan so‘ng intervyular, o‘zaro ayblovlar va muxlislar haligacha so‘nggi yillardagi eng yorqin musiqiy batllardan biri deb biladigan mashhur diss-treklar ommaga taqdim etildi.

Jennifer Eniston va Juliya Roberts

Aktrisalar o‘rtasidagi ziddiyat qariyb o‘n besh yil davom etgan. Taxminlardan biriga ko‘ra, bunga Mettyu Perri sabab bo‘lgan. Jennifer Juliya do‘stining his-tuyg‘ulariga juda qo‘pol munosabatda bo‘lyapti deb hisoblagan, Roberts esa Eniston birovning ishiga aralashyapti degan fikrda edi. Yaxshiyamki, bu voqea baribir yaxshilik bilan yakunlandi. 2015-yilda aktrisalarni samimiy suhbat qurayotgan holda ko‘rishdi va shunda ma’lum bo‘ldiki, eski araz-ginalar o‘tmishda qolibdi.

Kim Kardashyan va Peris Hilton

Bir paytlar Kim Kardashyan Peris Hiltonning shaxsiy yordamchisi bo‘lib ishlagan va butun dunyo bo‘lajak teleyulduz haqida aynan u tufayli bilgan edi. Ammo Kimning o‘zi mashhurlikka erishgach, do‘stlikka darz ketdi. Perisning sobiq dugonasining qomati haqidagi keskin fikrlari esa olovga moy sepdi. Shundan so‘ng yulduzlarning yo‘llari butunlay ayrildi. To‘g‘ri, oradan yillar o‘tib, munosabatlar ancha yaxshilandi, biroq ularni yaqin dugonalar deb bo‘lmaydi.

Selena Gomes va Bella Hadid

Muxlislar Selena Gomes va Heyli Biber o‘rtasida adovat bo‘lishini kutishgan edi, biroq taqdir boshqacha qaror qildi. Kutilmaganda xonandaning asosiy raqibi Bella Hadid bo‘lib chiqdi. Sababi — The Weeknd. Musiqachi Bella bilan ajrashganidan ko‘p o‘tmay Selena bilan uchrasha boshlagach, qizlarning munosabatlari keskin yomonlashdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlariga obunani bekor qilishdi, muxlislar esa bu sevgi uchburchagini uzoq vaqt muhokama qilib yurishdi.

Orlando Blum va Jastin Biber

Mashhurlarning har qanday mojarosi ham shunchaki so‘z bilan yakunlanavermaydi. Jastin Biberning Orlando Blumning sobiq rafiqasi Miranda Kerri bilan ishqiy munosabatda bo‘lganiga ishora qilganidan so‘ng, aktyorning sabr kosasi to‘ldi. Guvohlarning aytishicha, Ibitsadagi restoranlardan birida Blum xonandaga musht tushirishga uringan. Video internetda tezda tarqalib ketdi va bu voqea shou-biznes olamida eng ko‘p muhokama qilingan hodisalardan biriga aylandi.

Niki Minaj va Merayya Keri

Amerika shousini suratga olish vaqtida Niki va Merayyaning fikrlari bir joydan chiqmay, oddiy bahs tezda katta janjalga aylanib ketdi. Xonandalar tinchlanmaguncha suratga olish jarayonini to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Garchi ish mushtlashuvgacha borib yetmagan bo‘lsa-da, o‘zaro e’tirozlar uzoq vaqt saqlanib qoldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.