«BioPharma City» Janubiy Koreya klasterlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya qoʻshma tadqiqotlar, texnologiyalar transferi hamda farmatsevtika va biotexnologiya infratuzilmasini rivojlantirishni muhokama qildilar.

«BioPharma City» Janubiy Koreya klasterlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda
Oʻzbekiston Tibbiy-farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi vakillari Janubiy Koreyaning yetakchi tibbiy-farmatsevtika klasterlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Muzokaralar 3 sentyabr kuni Oʻzbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga xizmat safari doirasida boʻlib oʻtdi.
Ўзбекистон томони Osong Advanced Medical Industry Promotion Foundation базасида фаолият юритувчи KBIO Health, шунингдек, K-MEDI hub — Daegu Gyeongbuk Medical Innovation Foundation вакиллари билан учрашувлар ўтказди.
Muzokaralar davomida ishtirokchilar Koreya klasterlarining infratuzilmasi, jumladan, zamonaviy farmatsevtika va biotexnologiya maydonchalari, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari hamda innovatsion ishlab chiqarish obʼyektlari bilan tanishdilar.
Asosiy masalalardan biri Oʻzbekistonning «BioPharma City» va Koreya tibbiy-farmatsevtika klasterlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri cluster-to-cluster hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻldi. Tomonlar R&D-infratuzilmani birgalikda rivojlantirish, laboratoriyalar va vivariylar faoliyatini takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash va kadrlar almashinuvini kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.
Birgalikdagi ilmiy-tadqiqot loyihalariga alohida urgʻu berildi. Xususan, tomonlar mRNK-vaktsinalarni ishlab chiqish, onkologiya sohasidagi tadqiqotlar, dori vositalarini yetkazib berish tizimlarini yaratish, dorivor oʻsimliklar va bioaktiv birikmalarni oʻrganish boʻyicha hamkorlikni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, muzokaralar ishtirokchilari texnologiyalar transferi, shuningdek, mutaxassislar uchun qoʻshma trening va seminarlar oʻtkazish masalalariga toʻxtalib oʻtdilar.
Uchrashuvlar yakunlari boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston farmatsevtika va biotexnologiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish uchun Koreyaning ilgʻor tajribasidan foydalanishga kelishib oldilar.
Shuningdek, qoʻshma ilmiy dasturlarni amalga oshirish va «BioPharma City» hamda Janubiy Koreyaning tibbiy-farmatsevtika klasterlari oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

