Sport

Bibisora Assaubayeva rapid bo‘yicha nufuzli turnirda zafar quchdi

Bibisora Assaubayeva nufuzli rapid turnirida g‘olib chiqdi

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva Fransiyaning Sen-Trope shahrida o‘tkazilgan WR Women’s Chess Tour xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar o‘rtasidagi Yevropa bosqichida tezkor shaxmat (rapid) yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Assaubayeva uchun musobaqaning chorak va yarimfinal bahslari juda shiddatli kechdi. Har ikki bosqichda ham asosiy partiyalar durang bilan yakunlangach, g‘olib nomi tay-breykda aniqlandi. Qozog‘istonlik grossmeyster armageddon partiyalarida raqiblarini mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsga yo‘llanma oldi.

Turnirning final uchrashuvida Assaubayeva ukrainalik tajribali shaxmatchi Mariya Muzichuk ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Pley-off formatida o‘tkazilgan musobaqadagi g‘oliblik evaziga qozog‘istonlik grossmeyster 10 ochkoga ega bo‘ldi.

27-avgust kuni Sen-Tropeda blits yo‘nalishi bo‘yicha uchrashuvlar boshlanadi. Blits bahslaridan so‘ng eng yuqori o‘rinlarni egallagan ikki nafar shaxmatchi noyabr oyida Germaniyaning Shtutgart shahrida bo‘lib o‘tadigan Grand Final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot uchun, WR Women’s Chess Tour — ayollar shaxmatini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan yangi xalqaro loyiha bo‘lib, uning umumiy mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Yil davomida turnir bosqichlari Tokio, Punta-Kana, Maputu va Sen-Trope shaharlarida o‘tkaziladi. Har bir bosqichga dunyoning yetakchi 8 nafar shaxmatchisi taklif etiladi, yakunda eng yuqori natija ko‘rsatgan ikki sportchi noyabr oyida Shtutgartda bo‘lib o‘tadigan yakuniy bosqichga yo‘llanma oladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.