Layfstayl

Beshqozon birinchi JO‘JA tovuqli oshini va «Osh - bu Bizning quvvatimiz» videomanifestini taqdim qildi

Mijozlarning ijobiy fikr-mulohazalaridan soʻng, Beshqozonning barcha filiallari asosiy menyusiga JO‘JA tovuqli oshi kiritildi va tarmoqning asosiy restoranida, teleminora yonida taom uchun maxsus mozaikali qozon ochildi. Shuningdek, brend oʻzining yangi videomanifestini taqdim qildi.

Beshqozon birinchi JO‘JA tovuqli oshini va "Osh - bu Bizning quvvatimiz" videomanifestini taqdim etdi.

Mijozlarning ijobiy fikr-mulohazalaridan so‘ng, Beshqozonning barcha filiallari asosiy menyusiga JO‘JA tovuqli oshi kiritildi va tarmoqning asosiy restoranida, teleminora yonida ushbu taom uchun maxsus mozaikali qozon ochildi. Shuningdek, brend o‘zining yangi videomanifestini taqdim etdi.

15-avgust kuni Beshqozon va JO‘JA O‘zbekiston pazandachilik tarixida yangi sahifa ochdi. Restoranlar tarmog‘ining bosh filialida an’anaviy retsept asosida tayyorlangan, Toshkentning afsonaviy me’moriy mozaikalari bilan uyg‘unlashgan mozaika texnikasida ishlangan qozonda pishirilgan birinchi JO‘JA tovuqli oshining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

JO‘JA – O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan sifatli halol parranda go‘shti mahsulotlari brendi. Bugungi kunda quyidagilar ishga tushirilgan va faoliyat yuritmoqda:

• Fayz Parranda MChJning omixta yem zavodi va parranda go‘shtini qayta ishlash korxonasi;

• 2025-yilda sotib olingan Saxovat Broyler AJ majmuasi rekonstruksiya bosqichida;

• parranda go‘shtini chuqur qayta ishlash sexini qurish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bir necha oy avval Servolux kompaniyasi JO‘JA mahsulotlarini Beshqozon restoranlariga yetkazib berish bo‘yicha eksklyuziv shartnoma tuzdi. Sinov davri shuni ko‘rsatdiki, an’anaviy o‘zbek taomining yangi talqini katta mashhurlikka erishdi – mehmonlar tovuq go‘shtidan tayyorlangan oshning ta’mi, sersuvligi va mo‘tadil kaloriyaliligini alohida ta’kidlashmoqda. Iste’molchilarning yuqori baholari, mahsulot sifati va ishonchli hamkorlik JO‘JA tovuqli oshini Beshqozonning barcha filiallari asosiy menyusiga kiritish imkonini berdi.

Birinchi JO‘JA tovuqli oshining tantanali taqdimoti va JO‘JA qozonining ochilish marosimi Teleminora yonidagi Beshqozon (O‘rta Osiyo osh markazi) bosh filialida bo‘lib o‘tdi. Beshqozon mehmonlari haqiqiy pazandachilik bayramining guvohi bo‘ldilar, uning o‘ziga xos qismi esa tantana, quvonch va farovonlik ramzi bo‘lgan "Navo" xalq ansambli ijrosidagi karnay-surnay musiqiy an’anasi bo‘ldi.

Tasmani kesish marosimida tadbirning faxriy mehmonlari ishtirok etdilar:

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.