Dunyo

«Bekpek» (Ryukzak) Alyaskadagi «Semiz ayiq haftaligi» (Fat Bear Week) gʻolibi deb eʼlon qilindi

«Bekpek» yillik musobaqaning final bosqichida faqat «910» raqami bilan tanilgan ayiqni magʻlub etdi.

«Bekpek» (Ryukzak) Alyaskadagi «Semiz ayiq haftaligi» gʻolibi deb topildi

89 Bekpek laqabli qoʻngʻir ayiq AQSh Milliy bogʻlar xizmati «oʻlcham, mahorat, yegulik topish va strategik dangasalik jangi» deb atagan musobaqadan soʻng har yillik «Semiz ayiq haftaligi» unvonini qoʻlga kiritdi.

Alyaskadagi Katmay milliy bogʻi tomonidan tashkil etilgan tanlovning final bosqichida Bekpekning gavdasi 910 raqami bilan tanilgan ayiqdan ustun keldi va u 103 344 ovoz toʻpladi, 910 esa 98 253 ovoz oldi.

Milliy bogʻlar xizmati bu yil oʻn uchinchi bor oʻtkazilayotgan tanlovda «ixtiyorsiz ravishda ishtirok etgan» 16 ta ayiqqa minnatdorchilik bildirdi.

Muxlislaridan biri «ham yoʻgʻon, ham orqasi bahaybat» deb taʼriflagan Bekpek tez orada olti oygacha davom etishi mumkin boʻlgan qishki uyquga ketadi.

Uning onasi Xolli 2019 yilda «Semiz ayiq haftaligi»da gʻolib chiqqan edi. Bekpekning laqabi boshqa bir muxlisi aytganidek tanasining «lampachkasimon shakli»dan emas, balki u bolaligida onasi Xolli bogʻning losos baliqlariga boy Bruks daryosidan oʻtayotganda uning orqasiga chiqib olish odatidan kelib chiqqan.

Yana bir ishqiboz uni «katta yunglivoy» deb atadi.

Biroq Bekpekning tanqidchilari ham bor edi. Bir ayolning fikricha, oʻz bolasini ham, asrab olgan jiyanini ham tarbiyalagan urgʻochi 910-ayiq «har tomonlama yirikroq ayiq. Bekpekning shunchaki orqasi kattaroq».

«Menga 910 bu yil haqiqatan ham qattiq mehnat qilgandek tuyuldi», deb yozdi 910 ning boshqa bir tarafdori bogʻning Facebook sahifasida, yana bir ovoz beruvchi esa: «U dumaloq, u semiz, mening sevimli 910-ayigʻim ovoz oldi», deb izoh qoldirdi.

Finalchilarning eng soʻnggi vazni hali eʼlon qilinmagan. Voyaga yetgan erkak qoʻngʻir ayiqlar yoz oʻrtalarida oʻrtacha 408 kg gacha tosh bosadi va kuzga kelib koʻpincha oʻz vaznining 25 foiziga teng vazn yigʻadi. Eng yirik erkak ayiqlarning vazni 540 kg dan oshishi mumkin.

Urgʻochilari kichikroq boʻlsa-da, vazni 300 kg dan oshishi mumkin. Ayiq bolalari taxminan yarim kilogramm vazn bilan tugʻiladi.

«Qishki uyqu paytida ayiqlar yemaydi va ichmaydi hamda tana vaznining uchdan bir qismini yoʻqotadi. Ularning qishdan omon chiqishi inga kirishdan oldin yetarlicha yogʻ zaxirasini toʻplashiga bogʻliq», deb yozadi tashkilotchilar.

Iyundan oktyabr oyining oʻrtalarigacha ayiqlar jagʻlari yoki panjalari bilan tutgan losos baliqlarini oʻz ichiga olgan ozuqalar bilan oziqlanadi.

Bekpekning tarjimai holida aytilishicha, uning «vazmin qatʼiyati unga Bruks daryosidagi eng yirik ayiqlar orasida oʻz oʻrnini topishga imkon bergan».

Oʻtgan yili tanlovning ogʻir vaznli chempionini aniqlash uchun 100 dan ortiq mamlakatdan 1,7 milliondan ortiq ovoz berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.