Bekmurod Abdullayev va boshqa sudlangan xodimlarning aybsizlik masalasi to‘liq ko‘rib chiqilgan — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
Yaqinda sudlangan IIV rahbari sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va boshqa xodimlarybyu aybsizlik masalasi to‘liq ko‘rib chiqlgan, deya ma’lum qildi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov. Iyulda Abdullayevdan tashqari yana 28 nafar xodim ishi sudda ko‘rilishi aytilgandi.

Bekmurod Abdullayev va boshqa sudlangan xodimlarning aybsizligi to‘liq ko‘rib chiqilgan — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
Sudi 29-iyulda boshlangan deyilayotgan IIV rahbari sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev hamda u bilan sudlangan boshqa xodimlar aybsiz deb topilgan. Bu haqda 9-oktabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov ma’lum qildi.
“Ular bo‘yicha ham, Xudo xohlasa, anjuman o‘tkaziladi va o‘sha yerda tergov qilgan va hukm chiqazgan idoradan so‘raysiz savollaringiz bo‘lsa. Bu masalada bizlar umumiy qilib aytishimiz mumkin, bitta [Bekmurod] Abdullayev emas, u yerda boshqa rahbar yoki xodimlarning aybsizlik masalasi ham to‘liq ko‘rib chiqilgan”, — dedi Ashropov.
28-iyul kuni Oliy sud saytida IIV rahbari sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev, Jazoni ijro etish departamentining sobiq rahbari Rustam Tursunov va yana 28 nafar shaxsning ishini sudda ko‘rib chiqish boshlanganini xabar qilingandi.
Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi davlat xaridlarida budjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlanganini bildirgan. Uning aytishicha, 186 mlrd so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilingan. O‘shanda davlat rahbari Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganini aytgan.
Bekmurod Abdullayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismining “a” va “b” bandlari, shuningdek, 3-qismining bir nechta bandlari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgandi. Yozda unga tegishli sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqildi.
Oyning boshida OAVda sudning 11-sentabrdagi hukmi bilan Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov oqlangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Sud jarayoni natijalari haqida hozircha rasmiy ma’lumot e’lon qilinmadi.
25-sentabr kuni Bekmurod Abdullayev Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani ma’lum bo‘ldi.

