Mahalliy

Bekmurod Abdullayev Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlandi

Bekmurod Abdullayev Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlandi

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i asosida general-mayor Bekmurod Abdullayev Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumotni Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga tasdiqladi.

U 1975-yilda tug‘ilgan. 1997-yilda Mudofaa vazirligi Samarqand oliy harbiy avtomobil va muhandislar qo‘mondonlik bilim yurtini, 2009-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan.

Abdullayev 2020—2021-yillarda Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 2021-yildan 2025-yilgacha ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘lgan.

2025-yil 3-noyabr kuni u ishdan olingan. Keyinroq, davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha gumon qilinib, qamoqqa olingandi.

2026-yil aprelida vazirning sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev hamda Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi sobiq rahbari polkovnik Rustam Tursunov ozod etilgani aytilayotgani haqida xabar berilgandi.

Manbalarga ko‘ra, Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunovdan tashqari, ularga aloqador 7 nafar amaldor ham 15-aprel kuni ozodlikka chiqarilgan. Ular yetkazilgan zararni qoplagani qayd etilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.