Mahalliy

Behzod Musayev «Vatandoshlar» jamoat fondi raisi etib tayinlandi

Migratsiya agentligidan boʻshatilgan Behzod Musayev «Vatandoshlar» jamoat fondi boshqaruv raisi sifatida ish boshladi.

Behzod Musayev «Vatandoshlar» jamoat fondi raisi etib tayinlandi

Migratsiya agentligining sobiq direktori Behzod Musayev «Vatandoshlar» jamoat fondi boshqaruv raisi lavozimiga tayinlandi.

Fondning «Rahbariyat» bo‘limida Behzod Anvarovich Musayev boshqaruv raisi sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, 2021-yil sentabrdan buyon fondga rahbarlik qilib kelgan Odiljon Sattorov endilikda boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida qayd etilgan.

«Vatandoshlar» jamoat fondi 2021-yilda tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi xorijda yashayotgan vatandoshlarni tarixiy Vatan atrofida yanada jipslashtirish, vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlash, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga samarali yo‘naltirishdan iborat ekani ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Behzod Musayev 2026-yil 3-sentabr kuni prezident qaroriga binoan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgandi. U 2024-yil sentabrdan beri shu lavozimda ishlagan. Bungacha esa Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.