Sport

Behruz Karimov “Lugano” safida ilk golini urdi

O‘zbekistonlik himoyachi Behruz Karimov 'Lugano' safida dastlabki golini urdi. Shveysariya super ligasining 8-turidan o‘rin olgan o‘yinda jamoa 'Saint Gallen' ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Behruz Karimov “Lugano” safida ilk golini urdi

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov “Lugano” tarkibidagi dastlabki golini kiritdi. U 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Shveysariya super ligasining 8-turida “Saint Gallen”ga qarshi bahsda jamoasining to‘rtinchi goliga mualliflik qildi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Karimov jamoadoshining uzoqdan uzatgan to‘pini raqib darvozaboni uni egallashda yo‘l qo‘ygan xatosidan keyin ikki himoyachi orasidan darvozaga yo‘naltirdi.

Bellashuv 4:1 hisobida yakunlandi. “Lugano” barcha gollarni birinchi bo‘limdayoq urdi. Karimov ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi.

“Lugano” Shveysariya super ligasida 7 ta g‘alaba va 1 ta durang bilan 22 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Behruz Karimov avgust oyida “Surxon” futbol klubidan “Lugano” klubiga o‘tib, 2031-yilgacha shartnoma imzolagan edi. Championat Asia nashri ma’lumotiga ko‘ra, uning transferi Shveysariya klubiga 250 ming yevroga tushgan. Bundan tashqari, “Surxon” futbol klubi o‘yinchining keyingi sotuvi summasidan 10% oladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.