Mahalliy

Baxtiyor Rahmonqulov FVVga ishga oʻtdi

Yashnobod tumani hokimi lavozimini tark etgan Baxtiyor Rahmonqulov FVV tizimiga qaytdi.

Baxtiyor Rahmonqulov FVVga ishga oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan polkovnik Baxtiyor Tugambayevich Rahmonqulov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Inspeksiyasi boshligʻi etib tayinlandi.

Baxtiyor Rahmonqulov 1976-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

U 1997-yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻshinlari muhandislik bilim yurtining qoʻmondonlik taktik avtomobil qoʻshinlari mutaxassisligi boʻyicha, 2008-yilda esa Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qoʻmondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.

2018–2020-yillarda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari – Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahri Yashnobod tumani hokimi sifatida ishlayotgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.