Mahalliy

Baxtiyor Rahmonqulov FVV inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

Baxtiyor Rahmonqulov Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U 2020-yil avgustidan buyon Yashnobod tumani hokimi edi.

Baxtiyor Rahmonqulov FVV inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

Polkovnik Baxtiyor Tugambayevich Rahmonqulov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi.

Baxtiyor Rahmonqulov 1976-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 1997-yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘shinlari muhandislik bilim yurtining qo‘mondonlik taktik avtomobil qo‘shinlari mutaxassisligi bo‘yicha, 2008-yilda esa Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qo‘mondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.

U avval ham FVV tizimida hamda Toshkent shahri hokimligida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Rahmonqulov ushbu tayinlovga qadar 2020-yil 26-avgustdan buyon Toshkent shahri Yashnobod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Bu lavozimni UET Construction kompaniyasining ijtimoiy obyektlarni qurish departamenti boshlig‘i Abdulaziz Abdulxakov egalladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.