Sport

“Bavariya” o‘z aksiyalarining 5 foizini 250 million yevroga sotishi mumkin

"Bavariya" 250 million yevro evaziga o'z aksiyalarining 5 foizini sotishi mumkin

"Bavariya" futbol klubi o'z tarixidagi eng yirik moliyaviy bitimlardan birini yakunlash arafasida turibdi. Sport1 nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Myunxen klubi rahbariyati "Bavariya" aksiyalarining 5 foizini Germaniyaning isitish va sovutish tizimlari ishlab chiqaruvchi "Viessmann" kompaniyasiga sotishni rejalashtirmoqda.

Agar ushbu bitim muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, klub taxminan 250 million yevro miqdorida daromad oladi. Hozircha tomonlar bu kelishuvni rasman e'lon qilishmadi. Shuningdek, klub hisobiga tushadigan 250 million yevroning qanday maqsadlarga sarflanishi ham noma'lum.

"Viessmann" kompaniyasi ushbu xaridni amalga oshirsa, "Bavariya"ning yirik aksiyadorlari qatoriga qo'shiladi. Myunxen klubi ilgari ham o'z aksiyalarining bir qismini yirik kompaniyalarga sotgan bo'lib, hozirda "Allianz", "Adidas" va "Audi" brendlari klubning har biri 8,33 foizdan ulushiga egalik qiladi.

Qayd etish joizki, joriy yilning fevral oyida "Viessmann" va "Bavariya" o'zaro hamkorlik shartnomasini muddatidan avval 2029-yilgacha uzaytirgan edi. Bundan tashqari, tomonlar "Allianz Arena" stadionining energiya samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shma loyiha ustida ham ish olib bormoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.