Dunyo

Bavariya iqtisodiyot vaziri oʻlik holda topildi

Germaniyadagi mehmonxonalardan birida Hubert Ayvangerning jasadi aniqlandi. U Berlindagi marosimda nutq soʻzlashi kerak edi.

Bavariya iqtisodiyot vaziri o‘lik holda topildi

Bavariya bosh vazirining o‘rinbosari va iqtisodiyot vaziri Hubert Ayvanger 4-noyabr kuni kechqurun Berlinda o‘lik holda topildi.

Ayvanger o‘zi a’zo bo‘lgan “Erkin saylovchilar” partiyasining Berlindagi ofisi ochilishida nutq so‘zlashi kerak edi. Ammo sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u nutqini bekor qilgan va shundan keyin aloqaga chiqmagan. Keyinroq 55 yoshli siyosatchi Berlin-Mitte rayonidagi “Neuer Fritz” mehmonxonasi xonasida jonsiz holatda topilgan.

Siyosatchining o‘lim sababi hozircha aniqlanmagan. Berlin politsiyasi va prokuraturasi Ayvangerning o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlagan. Hodisaga uchinchi shaxslarning ehtimoliy aloqadorligi ham o‘rganiladi. Tagesspiegel nashri o‘z ma’lumotlariga tayangan holda Berlin hukumati siyosatchining o‘limini tabiiy sabablar bilan bog‘layotganini yozmoqda.

“Hubert Ayvangerning to‘satdan o‘limi haqiqiy fojiadir. Barchamiz chuqur qayg‘udamiz”, deb izoh berdi Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder.

Hubert Ayvenger 1971-yil 26-yanvarda Bavariyaning Ergoldsbax shahrida tug‘ilgan. Uning siyosiy faoliyati “Erkin saylovchilar” partiyasi bilan bog‘liq. 2006-yildan boshlab u partiyaning Bavariya bo‘limini boshqargan, 2010-yilda esa uning federal raisi etib saylangan.

Siyosatchi ilk bor Bavariya landtagi (federal yerlar parlamenti) tarkibiga 2008-yilda saylangan. 2018-yilgi parlament saylovlari natijalariga ko‘ra, u iqtisodiyot, mintaqaviy rivojlanish va energetika vaziri, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari lavozimlarini egalladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.