Dunyo

Bashar Asad davrida qamoqxonani boshqargan amaldor AQSHda 60 yilga qamaldi

Bashar Asad davrida qamoqxonani boshqargan amaldor AQSHda 60 yilga qamaldi

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad davrida Damashqdagi qamoqxonaga rahbarlik qilgan amaldor AQSHda 60 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Hozir 74 yoshda bo‘lgan Samir Usmon Alshayx 2024-yilda ayblangan edi. U Damashqdagi Adra qamoqxonasida mahbuslarga qiynoq qo‘llashda ayblanib, qiynoqlarni sodir etish uchun til biriktirish hamda qiynoqqa oid uchta band bo‘yicha aybdor deb topildi.

Shuningdek, Alshayx sodir etgan jinoyatlari haqida AQSH immigratsiya organlariga yolg‘on ma’lumot bergani, firibgarlik yo‘li bilan grin-karta olgani va AQSH fuqaroligini olishga uringani uchun ham aybdor deb topildi. Unga nisbatan hukm 17-sentyabr kuni Los Anjelesdagi AQSH okrug sudyasi Xernan Vera tomonidan chiqarildi.

AQSH Adliya vazirligi bildirishicha, davlat xavfsizlik tizimida turli lavozimlarda ishlagan Alshayx Asad hukumatining Suriyadan tashqarida shaxsan sud qilinib, aybdor deb topilgan eng yuqori martabali sobiq amaldori hisoblanadi.

Alshayxning advokatlari unga besh yillik qamoq jazosi tayinlanishini so‘ragan. Mart oyida ular himoyalaridagi shaxsning aybdor deb topilganidan “hafsalalari pir bo‘lganini” aytgan. 2005-yildan 2008-yilgacha Adra qamoqxonasini boshqargan Alshayx avvalroq o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmagan.

Bashar Asad 2024-yil dekabrida isyonchi kuchlar Damashqqa yaqinlashgan paytda bir necha ishonchli odamlari va oilasi bilan Moskvaga qochib ketgan edi. Suriya uni sud qilish uchun Kremldan topshirishni talab qilgan, biroq rad javobini olgan. Bashar Asad va uning amakivachchalari Atef Najib, Vasim Assad sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, Suriya sobiq prezidentining ukasi Mohir Asad (akasi kabi Rossiyada yashamoqda) ham qasddan qotillik va qiynoqlar uchun sirtdan o‘lim jazosiga hukm qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.