Sport

“Barselona” o‘tgan mavsum rekord darajada daromad qildi

“Barselona” o‘tgan mavsumda rekord darajada daromad oldi

Kataloniyaning “Barselona” klubi 2025/26-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra 1,06 milliard yevro daromad ko‘rdi. Bu klub tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, 2024/25-yilgi mavsumda jamoa daromadi 994 million yevroni tashkil etgan edi. Rahbariyat o‘tgan mavsum yakunida 1,075 milliard yevro ishlab topishni rejalashtirgan bo‘lsa-da, amalda mo‘ljaldagidan biroz kamroq mablag‘ yig‘ildi. Shuni ham qayd etish kerakki, 1 milliard yevrodan ortiq daromadga qaramay, barcha xarajatlar chegirib tashlangach, “Barselona” mavsumni atigi 200 ming yevro sof foyda bilan yakunladi.

Ayni paytda “Barselona”ning qarz majburiyatlari ham ortib bormoqda. 2025-yil iyunida 469 million yevro bo‘lgan klubning sof qarzi hozirga kelib 607 million yevroga yetdi.

Daromad manbalari qanday taqsimlandi?

Stadion va infratuzilma: Jamoaning yangilangan “Kamp Nou” stadioniga qaytishi ortidan chiptalar savdosi, VIP-paketlar va muzeydan tushgan tushumlar sezilarli oshib, 225 million yevroni tashkil etdi (oldingi mavsumda bu ko‘rsatkich 175 mln edi).

Homiylik shartnomalari: Bu yo‘nalishda ham rekord qayd etildi — 265 million yevro (o‘tgan mavsumga nisbatan 5 millionga ko‘p).

Tijorat va litsenziyalar: Klub atributikalari va tovarlar savdosidan 208 million yevro ishlab olindi (+40 mln).

Teleranslyatsiyalar: Jamoa Chempionlar Ligasini erta tark etgani sababli, telehuquqlardan tushadigan daromad 250 milliondan 246 million yevroga kamaydi.

Transferlar: Futbolchilar sotuvidan klub g‘aznasiga 43 million yevro tushdi.

Klubning 2026/27-yilgi mavsum uchun kutilayotgan daromadi 1,195 milliard yevro etib belgilangan. E’tiborlisi, daromadlar bilan birga jamoaning ish haqi fondi ham keskin oshishi kutilmoqda. Klubning umumiy maoshlar miqdori 571 milliondan 636 million yevroga, bevosita asosiy jamoa futbolchilarining maoshlari esa 355 milliondan 477 million yevroga oshirilishi rejalashtirilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.