Sport

“Barselona” Joau Kanseluning transferini e’lon qildi

"Barselona" Joau Kanseluning transferini e'lon qildi

Kataloniyaning "Barselona" futbol klubi o'zining rasmiy veb-saytida portugaliyalik qanot himoyachisi Joau Kanseluni transfer qilganini ma'lum qildi. Bungacha 32 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga tegishli edi.

Kanselu "Barselona" bilan uch yillik shartnoma imzoladi, bu kelishuv 2029-yilning yozigacha amal qiladi.

Qayd etish joizki, Kanselu 2026-yil yanvarida "Barselona" safiga mavsum oxirigacha ijara asosida kelib qo'shilgan edi. Shuningdek, portugaliyalik futbolchi 2023/24-yilgi mavsumda ham kataloniyaliklar tarkibida o'ynagan.

Umuman olganda, Kanselu "Barselona" safida barcha musobaqalarda 65 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kanseluning "Al-Hilol" bilan shartnomasi 2027-yilgacha mo'ljallangan edi. Biroq, xabarlarga ko'ra, tomonlar kelishuvni muddatidan avval bekor qilishga kelishib olganlar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.