Sport

“Barselona” Bundesligadan himoyachi sotib olishga tayyorlanmoqda — Sport.es

"Barselona" Bundesligadan himoyachi sotib olishga tayyorlanmoqda — Sport.es

"Barselona" yozgi transfer oynasida qanot himoyachisi Aleks Balde jamoani tark etgan taqdirda, uning o‘rnini to‘ldirish uchun "Leypsig" markaziy himoyachisi Kastello Lyukebani asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. 23 yoshli futbolchining shartnomasida 80 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilangan bo‘lsa-da, "buqalar" 45–50 million yevrolik takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyor ekanligi ma'lum qilindi.

O‘tgan mavsumda Lyukeba barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Lyukebaning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Avvalroq jamoani tark etishi kutilayotgan nomzodlar ro‘yxatidan Frenki de Yong, Mark Kasado, Ektor Fort, Alexandro Balde hamda Jyul Kunde joy olgani xabar qilingan edi.

Ma’lum qilinishicha, "Manchester Yunayted" Alexandro Baldeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va mankunianliklar futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.