Sport

“Barselona” Alvares o‘rniga boshqa yulduz hujumchini topdi

"Barselona" Alvares o'rniga boshqa yulduz hujumchini topdi

"Barselona" hujum chizig'ini kuchaytirish yo'llarini izlashda davom etmoqda va Viktor Osimhenni transfer qilish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyaning "Galatasaroy" klubida to'p tepayotgan nigeriyalik hujumchi transfer oynasi ochilganidan beri kataloniyaliklarning potensial yangi futbolchilari ro'yxatidan joy olgan. "Barselona" sport direktori Deku hamon futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uning transferi ustida ishlashni istisno qilmayapti.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares variantidan voz kechmagan, biroq uning transferi murakkabroq variant hisoblanadi.

"Barselona"da Osimhenning transferi bo'yicha kelishuvga erishish Alvaresni qo'lga kiritishga qaraganda osonroq bo'ladi, deb hisoblanmoqda. Bundan tashqari, nigeriyalik futbolchi markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirish uchun ishonchli variant sifatida ko'rilmoqda.

2023-yilda Viktor Osimhen Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Klub miqyosida nigeriyalik hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda "Napoli" bilan Italiya chempioni bo'lgan. "Galatasaroy" safida esa u ikki marta — 2024/25 va 2025/26-yilgi mavsumlarda Turkiya chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, mamlakat kubogini ham yutgan.

Nigeriya terma jamoasi safida esa hujumchi 2015-yilgi yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati va o'sha yilgi Afrika yoshlar kubogida g'olib chiqqan. 2023-yilda Osimhen Afrika Millatlar Kubogida kumush medal sohibiga aylangan.

O'tgan mavsumda Osimhen barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.