Sport

“Barselona” 80 million yevrolik transferdan voz kechdi

“Barselona” 80 million yevrolik transferdan voz kechdi

“Barselona” klubi rahbariyati “Sporting” hujumchisi Luis Suaresning shartnomasida belgilangan 80 million yevrolik tovon pulini to‘lash niyatida emas. Kataloniyaliklar bu narxni juda yuqori deb hisoblamoqda. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Portugaliya klubi ham narx borasida murosaga kelishni istamayapti va shu orqali kolumbiyalik hujumchini jamoada saqlab qolishga umid qilmoqda.

Avvalroq Romano “ko‘k-anorranglilar” Suares nomzodini “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares transferi amalga oshmagan taqdirda, muqobil variant sifatida ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq, kataloniyaliklar bu transferdan ham voz kechishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Suares barcha musobaqalarda jami 53 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Hujumchining Lissabon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, uning hozirgi bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.