Mahalliy

Barcha hududlarda loyihalar menejeri lavozimlari joriy etiladi

Prezident kelgusi yil Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb

Barcha hududlarda loyihalar menejeri lavozimlari joriy etiladi

Qoraqalpog‘iston tajribasi asosida qolgan 13 ta hududda ham loyihalar menejeri lavozimlarini joriy etish belgilandi.

Andijondagi loyihalar menejeri viloyatning yangi investitsiya modelini shakllantirishga mas’ul bo‘ladi.

Bu jarayonda har bir tumanning sanoat, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi salohiyati sun’iy intellekt yordamida baholanadi. Yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniga ega sohalar aniqlanib, xorijiy sarmoyalarni jalb etish rejasi ishlab chiqiladi.

Aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan 104 ta korxona faoliyatini kengaytirish orqali qo‘shimcha 20-30 ming ish o‘rni yaratishga qaratilgan loyihalar tayyorlanadi. Aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshgan 4 ta korxonada texnologik modernizatsiya hisobiga qo‘shilgan qiymatni 40-50 foizga oshirish choralari ko‘riladi.

Kelgusi yilda Andijonda kamida 10 foiz iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish va eksportni 1,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.